“Real” hujumchisi Vinisius Junior Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Braziliyalik futbolchi chorak final dastlabki bahs doirasida “Liverpul”ga qarshi kechgan o‘yinda (3:1) dubl qayd etdi.
Ushbu sovrin uchun quyidagi futbolchilar ham kurash olib borgandi:
- Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — “Borussiya D”ga qarshi o‘yinda (2:1) 1 ta gol va 82% uzatmalar aniqligi;
- Kilian Mbappe (PSJ) — “Bavariya” qarshi uchrashuvda (3:2) 2 ta gol;
- Jorjinyo (“Chelsi”) — “Portu”ga qarshi bellashuvda (2:0) 1 ta golli uzatma va 94% uzatmalar aniqligi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)