Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi poytaxt uchun 50 ta elektrobus sotib olish bo‘yicha loyiha tayyorlaydi. Loyihaga ko‘ra, 2021-yil oxiriga qadar 20 ta avtobus sotib olish rejalashtirilgan. Bu haqda kompaniyaning loyihalari, tashqi aloqalar va investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i Shahboz G‘ofurovga asoslanib “Podrobno.uz” xabar qildi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

“Ha, rejaga ko‘ra, kompaniya avtoulov parklarini yangilash maqsad qilingan. Biz allaqachon Toshkent shahri uchun 20 dona elektr avtobuslarni davlat tomonidan sotib olish uchun texnik-iqtisodiy hisob-kitobni tayyorlab qo‘ydik.

Tender savdolari aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan va ularda ishtirok etishni istaganlar juda ko‘p. Menimcha, yil oxirigacha avtobuslarni olib kelishni boshlaymiz. Bundan tashqari, kelajakda yana 30 ta katta quvvatli elektr avtobus sotib olish rejalashtirilgan, taklif tayyorlandi va ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi”, — deydi Shahboz G‘ofurov.

Qayd etilishicha, Bus Rapid Transit (BRT) loyihasi bo‘yicha 23 dona 17—18 metrli, so‘ngra 6 dona 24 metrli tezyurar avtobus sotib olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va “Belkommunmash” rahbari Vladimir Korol o‘rtasida 2018-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, Belarus elektrobuslaridan birini Toshkentda sinab ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 450 ming dollarga xarid qilingan birinchi elektrobus Toshkentda 2019-yilning 13-sentabridan harakatlanishni boshlagandi. 2020-yilning mart oyidan boshlab esa Toshkentning 52-avtobus yo‘nalishi (Beshyog‘och—Yunusobod) bo‘ylab Xitoyning Yutong elektrobusi sinov tariqasida qatnay boshlagandi. 2020-yilning 1-dekabr kunidan boshlab esa 51-yo‘nalishda (Yunusobod 6-mavze—Beshyog‘och maydoni) 12 metrlik Zhongtong elektr avtobusi sinov tariqasida harakatlana boshladi.

Bundan tashqari, Toshkentga uch yil ichida 300 ta yangi elektrobus olib kelinishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi