Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda jamoat transporti uchun birinchi ajratilgan yo‘lakchani yaratish loyihasini namoyish etdi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Qayd etilishicha, jamoat transporti uchun ajratilgan yo‘laklarni tashkil etish loyihasi Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan 34-sessiyada ko‘rib chiqildi. Ushbu loyihani Bobur ko‘chasida – Toshkent xalqaro aeroportidan Seul ko‘chasigacha test rejimida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Ko‘chaning uzunligi taxminan 3 kilometrni tashkil etib, 8 ta qism (polosa)dan iborat. Hozirda ko‘cha bo‘ylab jamoat transporti sifatida 18 ta avtobus va beshta yo‘nalishli taksi harakatlanadi.

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Foto: “Toshshahartransxizmat”

Jamoat transporti uchun ajratilgan qatnov qismlarining tashkil qilinishi avtobuslar va yo‘nalishli taksilarning yo‘lovchi tashish tezligini 25 foizga oshiradi. Bu, shubhasiz, yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va tirbandlikni kamaytirishga yordam beradi.

Loyiha bo‘yicha fikrlaringizni bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Bundan avval Toshkentdagi jamoat transportlari harakatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan mobil dasturlar marshrutkalar harakatini ham ko‘rsatishni boshlagani, yirik shaharlardagi tirbandliklarni haydovchisiz kapsula yordamida bartaraf etish taklif qilingani hamda Toshkentda shaxsiy avtomobilni metro yonidagi avtoturargohga qo‘yib, yo‘lni jamoat transportida davom ettirish bo‘yicha tizim ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi