Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShning Yuta shtatida er-xotin qorli tuzoqda bir sutka qolib ketdi. Haydovchi Google Maps ko‘rsatgan yo‘lga ishongan va kuchli qor yog‘gan hududiga mashinasi tiqilib qolgan. Ularga qutqaruvchilar otryadi yuborilgan, biroq yordamchilar birinchi urinishga kerakli joyni topib bora olmagan. Natijada qutqaruv operatsiyasida ikkita snegoxod va gusenitsali Polaris Ranger qatnashgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Facebook / @GCSARUT

Foto: Facebook / @GCSARUT

Ko‘ngilsiz hodisa Grand okrugidagi 2,5 ming metr balandlikda Kaslton-Geytvey-roud tepaligida sodir bo‘lgan. Google Maps ko‘rsatgan yo‘l bo‘ylab harakatlangan haydovchi tozalanmagan yo‘lga kirib qolgan. Qor juda ham qalinligini tushunib yetgan haydovchi ortga qaytishga uringan va bu vaqtda avtomobil tiqilib qolgan. Er-xotin yordam yetib kelishini deyarli bir sutka kutishga majbur bo‘lgan: mahalliy renjerlar ularning ortidan evakuator yuborgan, biroq u ham hodisa joyiyaga yetib bormasdan tiqilib qolgan. Shunda qutqaruv ishlariga bir juft snegoxod va gusenitsali Polaris Ranger jalb etilgan.

Ta’kidlanishicha, bundan bir oy oldin ham aynan shu yo‘lga boshqa bir turistlar guruhi tiqilib qolgan — ularni yaqin atrofdan uchib o‘tayotgan vertolyot tasodifan payqab qolgan.

Foto: Facebook / @GCSARUT

Foto: Facebook / @GCSARUT

So‘nggi bir necha yildan buyon mahalliy qutqaruvchilar Google Maps’dan norozi. Navigator bo‘yicha harakatlangan turislar Unavip kanyonidan chiqishga urinib, tashlandiq yo‘lda qolib ketmoqda. Haydovchilarga ovqat va suv g‘amlab olish, shuningdek, belkurak va sirpanishga qarshi zanjirlar qo‘l ostida bo‘lish tavsiya qilingan.

Avvalroq AQShda navigatorga ishongan yuk mashina haydovchisi daryoga tushib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi