Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Vivo kompaniyasi Xitoyda u qadar qimmat bo‘lmagan ultraingichka Vivo S9e smartfonini sotuvga chiqardi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: The Indian Express

Foto: The Indian Express

Mazkur model 2021-yilning mart oyi boshlarida, Vivo’ning 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan eng ingichka smartfoniga aylangan Vivo S9 bilan birga taqdim etilgandi (uning qalinligi 7,37 millimetr). Vivo S9e biror rekordni yangilagani yo‘q, biroq texnik jihatdan u juda jozibador — qalinligi 7,4 millimetr bo‘lib, u ham 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon shisha panel va metall romdan ishlangan. Qurilma korpusi uch xil rangda — ko‘k, kulrang va oqda taklif etiladi. Ikkita versiyasi mavjud — 367 dollar evaziga 8/128 gigabaytli va 413 dollarga 8/256 gigabaytli.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Vivo S9e Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlaydigan 6,44 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, undagi tasvirning yangilanish chastotasi 90 gertsga teng. 32 megapikselli frontal kamerasi tomchisimon qirqimga joylashtirilgan, uchtalik asosiy kameraga ega (64, 8 va 2 Mp). Qurilma SoC MediaTek Dimensity 820 protsessorida ishlaydi, akkumulyator sig‘imi 4100 mA/soat bo‘lib, 33 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Smartfonning frontal kamerasi tunda portret usulida suratga olish imkonini beradigan maxsus rejim — Sper Portrait Night View 2.0 ga ega.

Avvalroq Vivo kompaniyasi yechiladigan qo‘shimcha kamerali telefon konseptini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasid...
Dunyo
Ramzan Qodirovga general-polkovnik unvoni berildi
Mahalliy
O‘zbekistonda 8 ta yangi yo‘nalishda temiryo‘l qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi