Daryo

Vivo siljiydigan kameraga ega yangi flagmanini taqdim etdi

Bu kabi yechim videoga olish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi

1 daqiqa o‘qish37 478 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: GSMarena

Xitoyning Vivo kompaniyasi asosiy kamera moduli siljiydigan X60 Pro+ flagmanini taqdim etdi. Bu kabi yechim videoga olish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, deb yozadi “Afisha.uz”.

Foto: GSMarena

Smartfonning old qismida Full HD+ sifatga ega va 120 gerts yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6,56 dyuymli AMOLED-ekran joylashgan. Barmoq izi skaneri displey ostida, ekranning yuqori markazidagi qirqimdan esa 32 megapikselli frontal kamera o‘rin olgan.

50 megapikselli asosiy modul Big Eye barqarorlashtirgichi bilan jihozlangan, ya’ni mazkur texnologiya sensorga mexanik siljish orqali bir maromda suratga olish imkonini beradi. Asosiy kamera qo‘shimcha 48 megapikselli keng burchakli obyektiv, 8 megapikselli telefoto va portretlar uchun mo‘ljallangan 32 megapikselli kameraga ega. Butun tizim lazerli avtofokus va uchtalik LED-chaqnoq bilan jihozlangan.

Foto: GSMarena

Vivo X60 Pro+’ga Snapdragon 888 protsessori, 8/12 gigabaytli LPDDR5 tezkor hamda 128 yoki 256 gigabaytli ichki xotira o‘rnatiladi. Akkumulyator sig‘imi 4200 mA/soat bo‘lib, u 55 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Shuningdek, smartfonda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli, 5G, Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 6 bor.

Xitoyda Vivo X60 Pro+ 30-yanvardan 770 dollar narxida sotuvga chiqadi, 12/256 GB versiyasini 925 dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Vivo kompaniyasi yechiladigan qo‘shimcha kamerali telefon konseptini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Vivo orqa panelining rangi o‘zgaradigan smartfon yaratish ustida ish olib bormoqda (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar