Islandiyalik suratkash Gardar Olaf Fagradlsfyad vulqonining otilishini maksimal darajada yaqindan tasvirga olishga qaror qilib, dronidan ayrildi. Suratkash mazkur dron yordamida olingan kadrlarni o‘zining Instagram sahifasi orqali bo‘lishgan.
“Mana shuni tasvirga olish uchun dronimni eritib yubordim”, — deb yozadi Olaf.
https://www.instagram.com/p/CMzW24JHaCF/
Shuningdek, suratkashning Instagram’dagi sahifasida ancha uzoq masofadan turib olingan kadrlarni ham ko‘rish mumkin.
https://www.instagram.com/p/CM63xBnF2Ff/
https://www.instagram.com/p/CMuKZ0uH4rX/
Eslatib o‘tamiz, Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida joylashgan Fagradlsfyad vulqoni 19-mart kuni otilgan. Vulqon mamlakat poytaxti Reykyavikdan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan.Vulqon sodir bo‘lgan joyda uzunligi 500 dan 700 metrgacha bo‘lgan yoriq hosil bo‘lgan, undan chiqqan lavalar 100 metrgacha balandlikka ko‘tarilgan. Tabiiy hodisaning dastlabki soatlarida lava bir kvadrat kilometrdan ortiq maydonga (200 ga yaqin futbol maydoniga teng) yoyilgan.
Izoh (0)