• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Xalqaro teatr kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida tabrik matni to‘lig‘icha keltiriladi.

    Qadrli do‘stlar!

    Madaniyat va san’at sohasining fidoyilari!

    Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali millionlab san’at muxlislarini 27-mart – Xalqaro teatr kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

    Hammamizga yaxshi ma’lumki, inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

    Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskanidir.

    Jahondagi eng ommaviy va ta’sirchan san’at turlaridan biri bo‘lgan teatr asrlar davomida odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ularning qalbida olijanob fazilatlar, go‘zal his-tuyg‘ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

    Dunyodagi 100 dan ziyod mamlakatda keng nishonlanayotgan mana shu quvonchli bayram kunida bir asrdan ziyod shonli tarixga, ijodiy maktablarga ega bo‘lgan o‘zbek teatr san’ati o‘zining boy an’ana va qadriyatlarini saqlab, zamon bilan hamnafas bo‘lib, izchil rivojlanib kelayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

    Hayot yo‘llarida uchrab turadigan turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, o‘zining sevgan kasbiga, qadrdon sahnasiga hamisha sadoqat ko‘rsatib, ko‘pmillatli xalqimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz, azizlarning – ustoz san’atkorlar, taniqli dramaturg va rejissyorlar, sozanda va bastakorlar, yosh aktyorlar, sahna rassomlari va texnik xodimlarning mashaqqatli va fidokorona mehnatingizni har qancha olqishlasak, sizlarga chin qalbdan rahmat aytsak, arziydi, albatta.

    Biz sizlarning timsolingizda teatr degan noyob va beqiyos ma’naviy boylikni asrab-avaylab, rivojlantirib, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazib kelayotgan olijanob insonlarni ko‘ramiz.

    O‘ylaymanki, so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori madaniyat tizimida, jumladan, teatrlarimiz hayotida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotganidan barchangiz xabardorsiz.

    Shu borada qabul qilingan qator farmon va qarorlar sohani yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xalqimiz, birinchi navbatda, yoshlar o‘rtasida teatr san’atiga bo‘lgan qiziqish va e’tiborni kuchaytirishga qaratilgandir.

    Kuni kecha “Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” hamda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qabul qilingan Prezident qarorlarida ham ana shu masalalarga ustuvor ahamiyat berilganini qayd etish lozim.

    Azim poytaxtimiz Toshkent shahrida, barcha hududlarimizda yangi-yangi ilm-fan va madaniyat maskanlari, zamonaviy teatr va amfiteatrlar barpo etilmoqda, ijodiy jamoalar bilan yirik kompaniya va banklar ishtirokida tuzilgan “do‘stlar klublari” faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Ushbu sohaga mehr va havas qo‘ygan yoshlarimizning iste’dod va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish uchun ijodiy tanlov va festivallar o‘tkazilmoqda, yangi ta’lim dargohlari bunyod etilmoqda. Hududlarimizda madaniyat yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochilmoqda, ularga qabul kvotalari oshirilmoqda, kam ta’minlangan oilalarga mansub iste’dodli qizlarimizga alohida imtiyozlar berilmoqda.

    Bu haqda gapirganda, jumladan, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri tashkil etilganini ta’kidlash lozim.

    Ana shunday ezgu ishlarimizning davomi sifatida hozirgi vaqtda poytaxtimizda O‘zbek Milliy akademik drama teatri uchun eng yuksak zamonaviy xalqaro talablarga to‘la javob beradigan yangi muhtasham bino barpo etish bo‘yicha katta tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilganini sizlarga ma’lum qilish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Hozirgi kunda shiddatli zamon, hayotning o‘zi barchamizning oldimizga o‘ta muhim va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, el-yurtimizni turli xavf-xatarlardan asrash, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga ehtirom ruhida barkamol insonlar etib tarbiyalash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash olib borish dolzarb vazifaga aylanmoqda.

    Biz bu yo‘lda barcha ijodkor ziyolilarimiz qatori siz, hurmatli san’atkorlarimizning iste’dod va salohiyatingiz, bilim va tajribangiz, ezgu fazilatlaringizga tayanamiz.

    Sizlarning yangi O‘zbekistonni – inson erkin, ozod va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etishda tashabbus va jonbozlik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimizning badiiy yetuk obrazlarini yaratish, ularning fidoyiligi va matonatini mahorat bilan tarannum etish borasidagi ijodiy mehnatingiz va izlanishlaringizni biz bundan buyon ham keng qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Barcha madaniyat xodimlari kabi teatr san’ati vakillarini ham har tomonlama rag‘batlantirish, ularning mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilash davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.

    Aziz va muhtaram do‘stlar!

    Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – Xalqaro teatr kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va ilhom yor bo‘lishini tilayman.

    Teatrlarimiz sahnalarida, ijodiy jamoalaringizda mana shunday quvonchli kunlar ko‘p bo‘lsin, xonadonlaringizdan hech qachon tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, baxt va omad arimasin!

    Yuksak hurmat va ehtirom bilan,

    Shavkat Mirziyoyev,

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagani, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklagani hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagani haqida xabar berilgandi.

    26.03.2021, 20:10   Izoh (0)   20290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarildi

    26.03.2021, 19:48

    Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bosh vaziri Ulug‘bek Maripovni qabul qildi

    26.03.2021, 19:23

    O‘zbekistonning tashqi qarzi 33 mlrd dollardan oshdi. Bu mamlakat YaIMining 50 foizidan ham ko‘p

    26.03.2021, 19:16

    Toshkentda yangi universitet tashkil etilishi kutilmoqda

    26.03.2021, 18:58

    O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 14 kunlik karantin e’lon qilindi

    26.03.2021, 18:29

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarni xatlovdan o‘tkazishga kelishib oldi

    26.03.2021, 17:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.