Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 2021-yil yakuniga qadar 1 trillion so‘m evaziga 4 ming kilometrdan ortiq suv tarmoqlari tortilib, 500 ta mahallaga toza ichimlik suvi yetkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini 2021-yilda amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli eng og‘ir 325 ta qishloq va 71 ta shahar mahallalarini kompleks rivojlantirish, ularga ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, ichki yo‘llar va ijtimoiy soha obyektlarini qurish hamda ta’mirlash ishlari uchun 3,3 trillion so‘m ajratiladi.

Shuningdek, 2 ming 721 ta mahallada 10 ming kilometrdan ortiq ichki yo‘llarni ta’mirlashga 2 trillion so‘m beriladi. Shu bilan birga, 1 trillion so‘m evaziga 4 ming kilometrdan ortiq suv tarmoqlari tortilib, 500 ta mahallaga toza ichimlik suvi yetkaziladi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 5 ming 377 ta (60 foiz) mahallada 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi. Bu ishlarga qariyb 2,1 trillion so‘m yo‘naltiramiz.

Bundan tashqari, Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan birga ‘qishloq infratuzilmasini rivojlantirish’ loyihasi doirasida Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining 21 ta tumani, 60 ta qishlog‘ida 485 milliard so‘mlik yoki 46 million dollarlik loyihalar boshlanadi”, — dedi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Mahalliy
Samarqandda bir guruh yigitlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringani aks etgan video bo‘yicha izoh berildi
Sport
Indoneziyadagi futbol uchrashuvi vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 127 kishi halok bo‘ldi (video)