Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 30-turida PSJ 21-mart, yakshanba kuni “Lion” maydonida mehmon bo‘ldi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Foto: Twitter / “Daryo”

Uchrashuvda parijliklar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Kilian Mbappening dubli, Danilu Pereyra va Anxel di Mariyaning gollaridan keyin hisob yirik ko‘rinish oldi. Bunga maydon egalari Islom Slimani va Maksvell Kornening gollari bilan javob qaytardi.

Mazkur g‘alabadan keyin PSJ ochkolarini 63 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Lion” (60) esa 3-o‘rinda qolib ketdi.

Liga 1

30-tur bahsi

21-mart, yakshanba

“Lion” — PSJ 2:4

Gollar: 0:1 – 15 Mbappe, 0:2 – 32 Danilu Pereyra, 0:3 – 47 Di Mariya, 0:4 – 52 Mbappe, 1:4 – 62 Slimani, 2:4 – 81 Korne.

“Lion”: Antoni Lopesh, Marselo, De Shilyo, Denayer (Diomande, 78), Lukas Paketa, Tiago Mendes (Bruno Gimaraes, 56), Kakre, Korne, Toko-Ekambi (Sherki, 74), Kadevere (Dyubua, 56), Depay (Slimani, 56).

PSJ: Navas, Florensi (Dagba, 86), Kimpembe, Markinyos, Diallo, Danilu Pereyra, Di Mariya, Verratti, Guye (Errera, 86), Kin (Draksler, 90), Mbappe (Neymar, 70).

Ogohlantirishlar: Kadevere (40), Diomande (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)