Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 28-turida “Yuventus” 21-mart, yakshanba kuni “Benevento”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 69-daqiqasida Adolfo Gaych mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va mazkur gol “Benevento”ning g‘alabasini ta’minladi.
“Atalanta” safarda “Verona” bilan o‘ynadi. Ruslan Malinovski va Duvan Sapataning gollari bergamoliklarga g‘alaba keltirdi.
“Atalanta” ochkolarini 55 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Yuventus” (55) esa 4-pog‘onaga tushib ketdi. Filippo Inzagi qo‘l ostidagi “Benevento” (29) 16-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
28-tur bahslari
21-mart, yakshanba
“Yuventus” — “Benevento” 0:1
Gol: 0:1 – 69 Gaych.“Yuventus”: Shensni, Bonuchchi, de Ligt, Danilo, Kulusevski, Artur (Bentankur, 73), Bernardeski, Rabyo (Makkenni, 73), Kyeza, Ronaldu, Morata.
“Benevento”: Montipo, Barba, Kaldirola, Tuyya, Fulon (Telyo, 73), Hetemay (Dabo, 83), Viola, Ionitse, Improta, Lapadula (Kaprari, 73), Gaych (Di Serio, 83).
Ogohlantirishlar: Tuyya (9), Bernardeski (17), Barba (75), Telyo (84), Bentankur (90).
“Verona” — “Atalanta” 0:2
Gollar: 0:1 – 33, penalti Malinovskiy, 0:2 – 42 Sapata.“Sampdoriya” — “Torino” 1:0
Gol: 1:0 – 25 Kandreva.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)