Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 28-turida “Milan” 21-mart, yakshanba kuni “Fiorentina” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Zlatan Ibragimovich mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari Pulgar va Frank Riberining goli bilan javob qaytardi. 57-daqiqada Brahim Dias hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 72-daqiqada Xoqon Chalxono‘g‘lu “Milan”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Yana bir o‘yin “Roma” va “Napoli” jamoalari o‘rtasida kechdi. Dris Mertens tomonidan urilgan gollar neapolliklarning g‘alabasini ta’minladi.
28-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
A Seriya
28-tur bahslari
21-mart, yakshanba
“Fiorentina” — “Milan” 2:3
Gollar: 0:1 – 9 Ibragimovich, 1:1 – 17 Pulgar, 2:1 – 51 Riberi, 2:2 – 57 Braim Dias, 2:3 – 72 Chalxono‘g‘lu.“Fiorentina”: Drongovski (Terrachchano, 44), Martines (Kuame, 79), Petsselya, Milenkovich, Kaseres, Kastrovilli (Venuti, 71), Esserik, Bonaventura, Pulgar (Kalyexon, 79), Riberi, Vlahovich.
“Milan”: Donnarumma, Teo, Kyer, Diogu Dalot, Tomori, Kessie, Salemakers (Kastilyexo, 58), Tonali (Bennaser, 58), Chalxono‘g‘lu (Meyte, 90), Braim Dias (Krunich, 80), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘lu (41), Diogu Dalot (48), Kuame (89), Meyte (90).
“Roma” — “Napoli” 0:2
Gollar: 0:1 – 27 Mertens, 0:2 – 34 Mertens.“Udineze” — “Latsio” 0:1
Gol: 0:1 – 37 Marushich.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)