Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kaliforniyadagi Skyfront kompaniyasi tomonidan yaratilgan Perimeter 8 nomli uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasi 13 soatdan ortiq parvoz qilib, jahon rekordini o‘rnatdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter / Skyfront

Foto: Twitter / Skyfront

“Misli ko‘rilmagan sanoat yutug‘imiz bo‘lgan dron kun davomida havoda parvoz qildi. Qo‘shimcha yoqilg‘i bakiga ega uchuvchisiz uchish qurilmasi quyoshni tutdi, Kaliforniya osmoni va qirg‘oqbo‘yi hududlarini aylanib chiqdi”, — deydi Skyfront bosh direktori Troy Mestler.

Dron 330 kilometr masofani biror marta ham qo‘nishni amalga oshirmagan holda bosib o‘tgan. Ushbu standart dron besh soatgacha parvoz qilishi va 180 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir. Rekord o‘rnatish uchun kompaniya dronga yana bitta yoqilg‘i bakini o‘rnatgan. Bu esa parvoz davomiyligini ikki barobarga oshirishga xizmat qilgan.

Bunga qadar parvoz davomiyligi bo‘yicha rekord Janubiy Koreya firmasining kvadrokopteriga tegishli edi. U havoda 12 soatdan ortiq parvoz qilgandi.

Avvalroq Airbus uchuvchisiz boshqariladigan vertolyoti o‘zining ilk parvozini amalga oshirgani ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi