Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 28-turida “Jenoa” 19-mart, juma kuni “Parma” maydoniga safar qildi.
Bellashuv maydon egalarining tezkor goli bilan boshlandi. 16-daqiqada Gratsiano Pelle “Jenoa” darvozasini akrobatik tarzda ishg‘ol etib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasiga kelib, Janluka Skamakka Davide Zappakostaning uzatmasini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. Qayd etish joiz, Skamakka ikkinchi bo‘lim avvalida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi. 69-daqiqada esa Skamakkaning o‘zi yana bir bor gol urib, dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa “Jenoa” Shomurodov 45 daqiqa harakat qilgan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi.
“Parma”—“Jenoa” uchrashuvi videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Ushbu g‘alabadan keyin “Jenoa” ochkolarini 31 taga yetkazib, 13-pog‘onaga ko‘tarildi. “Parma” esa (19) 19-o‘rindan joy olgan.
A Seriya
28-tur bahsi19-mart, juma
“Parma” — “Jenoa” 1:2
Gollar: 1:0 – 16 Pelle, 1:1 – 50 Skamakka, 1:2 – 69 Skamakka.“Parma”: Sepe, Osorio, Konti, Petssella (Byusi, 79), Bani (Galyolo, 71), Kutska, Brugman (Ernani, 79), Man, Kurtich (Zirkzeye, 79), Karamo (Mixeile, 64), Pelle.
“Jenoa”: Perin, Zappakosta, Masyello, Krishito, Chiborra (Pyatsa, 46), Badel, Radovanovich, Zays (Rovella 90), Strotman (Biraski, 68), Destro (Behrami, 64), Shomurodov (Skamakka, 46).
Ogohlantirishlar: Bani (19), Petssella (57), Pelle (71), Radovanovich (72), Brugman (78), Biraski (84), Kutska (90+5).
Izoh (0)