Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Chingeldi aholi punktida kechasi yo‘l yuvilgani, erta tonggacha yo‘llar muzlagani, buning oqibatida ko‘plab mashinalar o‘zaro to‘qnashgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 18-mart kuni Toshkent viloyati Qibray tumani hududida Matiz, Cobalt, Damas, “VAZ-2106” va Nexia rusumli bir necha avtomobillar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

YTH yuzasidan Qibray tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Navoiyda yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tgan mast piyoda Nexia urib ketishi oqibatida vafot etgani, Surxondaryoda 22 yoshli yigit otasiga tegishli mashinada YTHga uchrab, halok bo‘lgani hamda Jizzaxda me’yoridan 2 barobar ko‘p yuk ortgan Isuzu o‘zidan oldingi transportni urib, uni ag‘darib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...