Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati Navbahor tumanida o‘ta mast holatdagi piyodani Nexia rusumli avtomobil urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 15-mart kuni soat 20:30 larda Navbahor tumani hududidan o‘tgan davlat ahamiyatiga ega 4R-63 avtomobil yo‘lining 86-kilometrida o‘ta mast holatda harakatlanib ketayotgan 50 yoshli fuqaro to‘satdan yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tganda, 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda piyoda hodisa joyida vafot etgan.

YTH sabablari o‘rganilganda yo‘lga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilmagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Surxondaryoda 22 yoshli yigit otasiga tegishli mashinada YTHga uchrab, halok bo‘lgani, mazkur viloyatda va Samarqandda sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani hamda Jizzaxda me’yoridan 2 barobar ko‘p yuk ortgan Isuzu o‘zidan oldingi transportni urib, uni ag‘darib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi