• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “AQSh prezidenti juda yomon bayonot berdi” —  Kreml Baydenning Putinni “qotil” deb atagani haqida

    Kreml AQSh prezidenti Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi bayonotlarini “juda yomon” deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

    Foto: “M24.ru”

    Foto: “M24.ru”

    “Men bunga munosabat bildirish uchun ko‘p gapirib o‘tirmayman. Faqat shuni aytmoqchimanki, bu AQSh prezidentining juda yomon bayonoti bo‘ldi. U shubhasiz, mamlakatimiz bilan munosabatlarni yaxshilashni istamaydi. Buyog‘iga biz ham shundan kelib chiqib ish ko‘ramiz”, — dedi Peskov.

    Peskov Vladimir Putin AQSh prezidentining bayonotiga shaxsan javob berishni rejalashtiryaptimi yoki yo‘qligi, haqida bir narsa deyolmasligini aytdi. Jurnalistlarning Kreml shunga o‘xshash holatni eslaydimi yoki yo‘qmi, degan savoliga Peskov quyidagicha javob berdi: “Bunaqasi tarixda bo‘lmagan”. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi savolga u “Qandayligi kundek ravshan” deb javob berdi, ammo so‘zlarining ma’nosini ochib bermadi.

    Kreml vakili hozirgi Rossiya—Amerika munosabatlarini “juda yomon” deb ta’rifladi, ammo Rossiyaning munosabatlarni  buzishga tayyor yoki yo‘qligini ochiqlamadi.

    Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning “Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qotil deb hisoblaysizmi?” — degan savoliga tasdiq javobini bergan. “Mmm, hmm, ha”, — deya javob qildi Bayden undan intervyu olayotgan Jorj Stefanopolusning savoliga.

    Shuningdek, AQSh prezidenti Putin Amerikadagi saylovlarga aralashgani uchun “javob berishi”ga ishonch bildirdi.

    Baydenning so‘zlariga ko‘ra, yanvar boshida u Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan, shunda u Rossiya prezidentiga: “Men sizni bilaman, siz meni bilasiz. Agar shu narsa (Rossiya aralashuvi) rost bo‘lib chiqsa, unda (oqibatlarga) tayyor turing”, — degan.

    Baydenning Putin haqidagi gaplaridan keyin Moskva birjasida Rossiya rublining kursi pasayib ketdi.

    Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov maslahatlashuv uchun Moskvaga chaqirildi. U 20-mart kuni uchib kelishi kutilmoqda. Maslahatlashuvlar “AQSh bilan munosabatlar borasida qanday ish tutish va qaysi tomonga harakatlanish”ni tushunib olish maqsadida o‘tkaziladi, deya TIVda ma’lum qilingan.

    Shuningdek, AQSh Milliy razvedkasi 16-mart kuni hisobot e’lon qildi, unga ko‘ra, AQShda 2020-yilgi prezident saylovlari chog‘ida Rossiya hukumati Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenni “badnom qilish” kampaniyasini uyushtirgan.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova va Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya hukumatining AQShdagi saylovlarga aralashuvi haqidagi ayblovlarni butunlay rad etdi. Peskovning fikricha, hisobotni e’lon qilish orqali Rossiyaga qarshi navbatdagi, yangi sanksiyalar masalasini kun tartibiga kiritish uchun bahonaga ega bo‘lmoqchi bo‘lishgan.

    19.03.2021, 00:22   Izoh (0)   50175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buvisini tinchlantirayotgan “So‘x voqealari” aybdori, stomatolog huzuridagi yo‘lbars, Pikassoning oltin likopchasi. 18-mart suratlari

    18.03.2021, 23:59

    Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda. Karantin kuchaytirilib, vaksinatsiya kengaytirilmoqda. Yozdagi og‘ir vaziyat takrorlanishi xavfi bo...

    18.03.2021, 21:45

    JSST AstraZeneca bilan emlashda davom etishni tavsiya qildi. Vaksinadan foydalanish Yevropa Ittifoqining yirik davlatlarida to‘xtatilgan

    18.03.2021, 15:57

    Sergey Shoygu: “Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar — xomxayol”

    18.03.2021, 14:09

    Tataristonda yosh bolalar “Ozodlik jangchisi” yodgorligini yoqib yubordi. Mahalliy hokimiyat yodgorlikni olovga chidamli degandi (video)

    18.03.2021, 13:56

    COVID-19’ni inkor qilgan Tanzaniya prezidenti vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u avvalroq koronavirusga chalingan

    18.03.2021, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.