• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda. Karantin kuchaytirilib, vaksinatsiya kengaytirilmoqda. Yozdagi og‘ir vaziyat takrorlanishi xavfi bor

    Qozog‘istonda pandemiya bilan bog‘liq holat endi yaxshilanib, prognozlar optimistik tus olayotgan vaqtda kasallanganlar soni keskin oshdi. Hukumat zudlik bilan choralar ko‘rib, karantinni kuchaytirdi, emlash kampaniyasini ham kengaytirmoqda.

    Qozog‘istonda o‘tgan bir kecha-kunduzda (17-mart holatiga) koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq 1186 ta yangi holat qayd etildi. 16-mart kuni 1082 ta, 15-mart kuni esa 954 ta holat aniqlangan edi.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    Shu tarzda mamlakatda jami kasallanganlar soni 227 953 kishiga yetdi. Shularning 208 074 nafari kasallikdan sog‘aygan (Qozog‘iston aholisi soni 18,9 million kishini tashkil etadi).

    Nur-Sulton va Olmaota “qizil” zonada

    Ayni paytda kasallanganlar soni bo‘yicha Olmaota (28 625 kishi kasallangan, so‘nggi bir kunda 318 kishi yuqtirgan) va Nur-Sulton (27 243, +307) shaharlari hamda Qarag‘anda viloyati (16 488, +100) yetakchilik qilmoqda.

    Shaharda COVID-19 bemorlari sonining o‘sishi oshgani sababli Nur-Sulton epidemiologik vaziyatga baho beruvchi matritsada “qizil” zonada o‘z o‘rnini “mustahkamladi”. Shuningdek, Olmaota ham shu zonada qolmoqda, ammo u yerda o‘sish darajasi avvalgidan o‘zgarmagan. G‘arbiy Qozog‘iston esa “qizil” zonadan “sarig‘i”ga o‘tdi. Akmola, Almati, Atirau va Qarag‘anda viloyatlari ham “sariq” zonada. Qolgan barcha hududlar — “yashil” zonada.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    “Shahardagi epidemiologik vaziyat beqaror. O‘tgan bayram kunlari koronavirus ko‘rsatkichlari har kuni o‘sganini ko‘rsatdi. Navro‘z bayrami munosabati bilan ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi. O‘sish davom etishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi Nur-Sulton bosh sanitar shifokori Sarxat Beysenova.

    Karantin choralari kuchaytirilmoqda, Navro‘z kuni lokdaun e’lon qilinadi

    Shu munosabat bilan, bugun, 18-mart kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda koronavirus pandemiyasi sababli cheklov va karantin choralari kuchaytiriladi. 21-mart — Navro‘z bayrami kuni esa shaharda butunlay lokdaun e’lon qilinadi.

    Ommaviy tadbirlar, shu jumladan, oilaviy marosimlar va ma’rakalar, shuningdek, uyda tashkillashtiriladigan ziyofatlar, to‘ylar, yubileylar, ma’rakalarni o‘tkazish va ularda qatnashish, bundan tashqari, bayram korporativlari, mitinglar, namoyishlar, yig‘inlar tashkillashtirish va o‘tkazish taqiqlandi.

    Faoliyati tiklanmagan obyektlar: bouling markazlari, kompyuter klublari (Ashyq sinov loyihasida qatnashayotgan obyektlardan tashqari), kinoteatrlar, kinorumlar, bilyardxonalar, karaoke, batutlar, tungi klublar, bukmekerlik idoralari va o‘yin klublari, yopiq inshootlardagi o‘yin maydonlari va attraksionlar, muz va rolik yaxmalaklari (sport obyektlaridagidan tashqari)ga borish taqiqlanadi.

    Ashyq sinov loyihasida qatnashayotgan tadbirkorlik obyektlariga kirish uchun Ashyq mobil dasturidan foydalanish zarur, uni App Store va Play Market do‘konlaridan yuklab olish mumkin.

    Jamoat joylariga, shu jumladan, shahar jamoat transporti hamda faoliyatiga ruxsat berilgan obyektlarga tashrif buyurganda, shuningdek, ochiq havodagi jamoat joylarida bo‘lgan vaqtda niqob taqish, masofa saqlash va antiseptiklardan foydalanish talablariga qat’iy rioya qilish shart.

    21-mart kuni esa Nur-Sultonda lokdaun e’lon qilindi. “Nur-Sulton ‘qizil’ zonada ekanini hisobga olib, dam olish kuni — 21-mart (yakshanba)da shaharda lokdaun joriy qilinadi. Shu kuni savdo markazlari, yopiq nooziq-ovqat bozorlari, yopiq sport obyektlarining ishlashi taqiqlanadi.

    Shuningdek, yakshanba kuni jamoat transporti harakati ham to‘xtatiladi: dezinfeksiya ishlari olib boriladi.

    Almati viloyatida ham kelayotgan dam olish kunlari to‘liq lokdaun e’lon qilinadi. U yerda kasallanish sur’atlarining oshishi Olmaota shahri bilan o‘rtada aholi migratsiyasining yuqori ekanligi bilan izohlanmoqda. Viloyatda ham karantin rejimi kuchaytirildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, diniy birlashmalar, jamoat hammomlari va transport faoliyati 17:00 gacha, ko‘ngilochar obyektlar va restoranlar ishi esa 21:00 gacha cheklangan.

    Bundan tashqari, Qarag‘anda viloyatida ham 20-martdan karantin kuchaytiriladi. Uning bir qator tumanlari va shaharlarida umumta’lim maktablaridagi to‘garaklar, banket zallari, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari, sirk, madaniyat obyektlari, maktabgacha muassasalar ishlamaydi. Dam olish kunlari esa shaharlararo transport harakati to‘xtatiladi. Shuningdek, ko‘ngilochar muassasalar, tungi va o‘yin klublari, yopiq o‘yin maydonlari va attraksionlar yopiqligicha qoladi.

    Koronavirusga qarshi emlash bilan bog‘liq vaziyat: aholining 0,1 foizi to‘liq emlandi

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev beqaror epidemiologik vaziyat haqida gapirar ekan, fuqarolar va biznes tomonidan ogohlik yo‘qotilib, ehtiyotkorlik darajasi pasayib ketganini qayd etdi. U aholini barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilishga, koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiyani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. “Jamoaviy immunitetga erishmasdan turib, kasallikni yengib o‘tishimiz va iqtisodiyotni qayta tiklashimiz mumkin emas”, — dedi To‘qayev.

    Kasallanish holatlarining ko‘payishi fonida Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin aholining vaksinatsiya bilan qamrab olinishini kengaytirishni buyurdi. “Vaksinatsiyaning hamma uchun ochiqligi va ommaviyligi pandemiyaga qarshi kurashishda birlamchi vazifadir. Vaksinatsiya aholida jamoaviy immunitet hosil qilib, infeksiyaning bundan keyin tarqalishini cheklash imkonini beradi. Aynan shu omil pandemiya bilan kurashda, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni tiklashda juda muhim hisoblanadi”, — dedi Mamin hukumat majlisida.

    Emlanuvchilar sonini oshirish maqsadida bosh vazir qo‘shimcha emlash xonalarini ochish, fuqarolar bilan axborot-tushuntirish ishlarini olib borishni buyurdi.

    “Hokimliklar saytlarida vaksinatsiya haqida, uning foydasi haqida, emlash punktlarining manzillari haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Vaksinaning muhimligi haqida aholida to‘g‘ri  fikrni shakllantirish uchun jamoatchilik orasida va tibbiyot xodimlari orasida seminarlar tashkil qilish kerak”, — dedi Mamin.

    Qozog‘iston Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib aholini koronavirusga qarshi emlashni boshladi: Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash u yerda 1-fevraldan boshlangan. Buning uchun ushbu vaksina Qozog‘istonning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 17-mart holatiga 19 mingdan ziyod aholi to‘liq emlangan (umumiy aholi soni 18,9 million ekanini hisobga olsa, uning 0,1 foizi to‘liq emlangan). Rejaga ko‘ra esa, 6 milliondan ortiq odam vaksina olishi kerak.

    Koronavirusga qarshi emlangan Qozog‘iston aholisiga ichida shaxsning immun holati ma’lumotlarini jamlagan QR-kodlar berila boshladi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy individual immun holati ma’lumotlarini ko‘rsatuvchi QR-kodlar EgovMobile mobil dasturida mavjud bo‘lishini aytdi. Bu dastur “Ashik” tibbiy dasturi bilan integratsiya qilinadi. “QR-kod tekshiruvida taqdim etilishi uchun unda tibbiy ma’lumotlar tizimidan fuqarolarning ma'lumotlari, shu bilan birga, koronavirusga qarshi vaksinatsiya olgani haqida xabarlar to‘planadi”, — dedi Soy.

    Qanday vaksinalardan foydalanilmoqda?

    2020-yilning dekabr oxirlarida Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari Qosim-Jo‘mart To‘qayev hamda Vladimir Putin o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Qarag‘anda farmatsevtika majmuasiga tashrif buyurib, “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishga start bergandi. Majmua bazasida bosqichma-bosqich 2 million doza vaksina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

    Qozog‘iston Qarag‘anda farmatsevtika kompleksida (QFK) ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida 15-fevral kuni ma’lum qildi.

    Bundan tashqari, 2021- yilning 2-choragidan boshlab Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan QazCovid-in preparatidan koronavirusga qarshi emlash uchun foydalanish rejalashtirilgan, mazkur preparat hozirda klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan o‘tmoqda. 19-dekabr kuni Qozog‘istonda ko‘ngillilarni koronavirusiga qarshi mahalliy QazCovid-in vaksinasi bilan emlash boshlandi. Yanvar oyi oxirida sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Shoranov koronavirusga qarshi emlash hamma uchun bepul ekanini, aholining xavf ostida bo‘lmagan qismi uchun vaksinatsiya aprel—may oylarida amalga oshirilishini e’lon qilgan.

    Qozog‘istonlik olimlar koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshlagani haqida mart oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgandi. 1-avgust kuni Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazildi.

    Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqargan shaxs — Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar laboratoriyasi rahbari, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov ushbu preparatni birinchilardan bo‘lib o‘zida sinovdan o‘tkazdi.

    Bundan tashqari, Qozog‘iston ayni paytda Pfizer, Moderna, Sinovac, Johnson & Johnson kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda. Qancha miqdorda va qachon vaksina yetkazilishi shartnomalar uzil-kesil imzolanganidan keyin ma’lum bo‘ladi.

    Bungacha epidemiologik holat yaxshilanayotgan edi, hatto Navro‘zni o‘n kun bayram qilishmoqchi edi

    So‘nggi marta 25-dekabrdan Qozog‘istonda koronavirus tufayli yangi cheklovlar kuchga kirgandi. O‘sha vaqtlarda Qozog‘iston koronavirus tarqalishi bo‘yicha “yashil” zonadan “sariq” zonaga o‘tgan, bir kecha-kunduzda aniqlanayotgan bemorlar soni 700 kishi atrofida edi.

    Cheklovlardan bezor bo‘lgan aholi hattoki sudga ham murojaat qilgan.

    Fevral oxirlariga kelib, Qozog‘iston hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemik vaziyat yaxshi bo‘lgan respublikaning qator mintaqalarida karantin cheklovlarini 1-martdan yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Koronavirus tarqalishi bo‘yicha yetti kun ketma ket “yashil hudud” bo‘lib qolgan mintaqalarda 1-martdan boshlab joriy qilingan cheklovlar yumshatilishi, bunda sirk, bilyard klublari, bolalar ko‘ngilochar markazlari (binoning band bo‘lishi 30 foizdan oshmaslik sharti bilan), sport tadbirlari (30 foizlik cheklov bilan), juma namozi (30 foizlik cheklov bilan) va ma’rakalarga (30 foizlik cheklov bilan, 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda) ruxsat berilishi ma’lum qilindi.

    Qozog‘istonning bosh davlat sanitariya shifokori Yerlan Kiyasov 24-fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda respublikada epidemik vaziyat optimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanib borayotganini aytgandi. Shuningdek, u ilgari pessimistik prognozlarga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanishning eng yuqori darajasi mart oyining oxiri va aprel oyining boshlarida kutilganini eslagandi.

    “Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, biz ilgari belgilangan ushbu ‘cho‘qqini’ chetlab o‘tamiz, deb taxmin qilishimiz mumkin”, — degan edi Kiyasov o‘shanda.

    Cheklovlar yumshatilishi fonida Qozog‘istonda, hatto, Navro‘z bayramini ketma-ket o‘n kun nishonlash ham taklif etilgan edi.

    Vaziyat endi qanday bo‘lishi kutilmoqda? Lokdaun uzaytiriladimi?

    Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik nazorat qo‘mitasi rasmiy vakili Yerjan Baytanayev mamlakatda lokdaunning uzaytirilishi ehtimoli yuzasidan izoh berdi. “Agar vaziyat yomonlashsa, masala idoralararo komissiyaga olib chiqiladi. Bunday qarorni komissiya qabul qilishi mumkin. Ammo hozircha bunday masala ko‘rib chiqilmayapti”, — dedi u.

    Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami nishonlangan kunlarda Nur-Sultonda va Olmaotada karantin choralariga rioya qilinmagani sababli, endi u yerlarda kasallanish darajasining o‘sishi kuzatilmoqda.

    Ayni vaqtda Nur-Sultonda COVID-bemorlar soni o‘smoqda, endi bemorlar og‘ir daraja bilan kasalxonalarga yotqizilmoqda, dedi poytaxt shtatdan tashqari bosh infeksionisti Saule Atigayeva.

    “Barchasi yana bir marta takrorlanishidan qo‘rqyapmiz. Ayni paytda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq vaziyat unchalik yaxshi emas. Hozir bizga bemorlar kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir shakllari bilan kelib tushyapti”, — dedi ko‘p profilli tibbiy markaz infeksion kasalliklar bo‘limi shifokori. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy nafas oldirish apparatlariga ulanayotgan bemorlar soni ham oshgan.

    Reanimatsiyalarga bir kunda 5 nafargacha bemor kelib tushyapti. Yoshi katta va keksa yoshdagi odamlarda, arterial qon bosimi yuqori bo‘lgan, qandli diabeti, yurakning ishemik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda COVID-19 ayniqsa og‘ir kechmoqda, dedi Saule Atigayeva.

    “Yozdagi vaziyat takrorlanmasligi uchun o‘lim bilan tugaydigan o‘ta og‘ir holatlarga duch kelmaslik uchun aholiga barcha profilaktika choralariga rioya qilishni qat’iyan tavsiya etamiz. Har kuni biz barchamizning farovonligimiz va salomatligimizni ko‘zlab mehnat qilamiz. Ammo faqat shifokorlarning o‘zlari buni eplay olmaydi. Har bir fuqaroning mas’uliyati talab qilinadi”, — deya poytaxt shifokorlari aholiga murojaat qildi.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda 2020-yilda kuzatilgan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qaytalanishi xavfi yuqori ekani haqida ma’lum qildi. Davlat rahbarining aytishicha, pandemiya boshlanganidan buyon o‘tgan bir yil mobaynida mamlakatdagi epidemiologik vaziyat beqaror bo‘lganini tan olish kerak.

    “Fuqarolarning epidemiologik ogohligi pasaymoqda… Kasallikka umumiy ko‘nikish paydo bo‘lmoqda. Natijada yozdagi vaziyatning takrorlanishi bo‘yicha yuqori xavf mavjud. Hamma narsa ham shifokorlarga va sog‘liqni saqlash tizimiga bog‘liq emas, shuning uchun yana bir marta fuqarolarni barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilib, koronavirusga qarshi ommaviy emlash kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, — dedi To‘qayev.

    Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida nima bo‘lyapti?

    Tojikiston

    26-yanvar kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘zining parlamentga an’anaviy yillik murojaatida mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgandi. O‘shanda 11-yanvardan buyon mamlakatda birorta ham koronavirusga chalinish holati qayd etilmagani xabar berilgandi.

    Keyinroq Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Jamoliddin Abdullozoda mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba karantindan voz kechish tufayli amalga oshganini aytdi. “Baxtimizga, 2020-yil 31-dekabrdan beri Tojikistonda koronavirus infeksiyasiga oid yangi kasallanish holatlari qayd etilmagan. Pandemiya boshlanganidan beri 13 308 nafar COVID-19’ga chalingan bemor ro‘yxatga olingan, ulardan 99,3 foizi tuzalgan, virus qurbonlari soni 90 kishini tashkil etgan”, — degan Jamoliddin Abdullozoda.

    Tojikiston hukumati qaysi vaksinani — Yevropa yoki Rossiya vaksinasini afzal ko‘radi, degan savolga vazir shunday javob berdi: “COVAX dasturi doirasida emlash Tojikiston aholisining 20 foizi (1 million 800 ming kishi)ni qamrab oladi. Rossiya vaksinasiga kelsak, biz u bilan 5 million 840 ming kishini emlaymiz. Umumiy hisobda, biz 6 million 714 ming kishini — aholining 80 foizini emlashimiz kerak bo‘ladi. “Sputnik V” vaksinasini sotib olish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, AstraZeneca vaksinasini esa bepul olamiz”.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, AstraZeneca vaksinasi 732 ming dozada fevral—mart oylarida Tojikistonga yetib keladi.

    Qirg‘iziston

    Qirg‘izistonda 18-mart holatiga bir kecha-kunduzda 98 kishida koronavirus aniqlangan. Pandemiya boshidan buyon kasallanganlar soni 87 143 kishiga yetgan, shularning 1485 nafari vafot etgan.

    Mamlakatda mart oxirida yoki aprel boshlarida COVID-19’ga qarshi emlash boshlanishi kutilmoqda. Bunda Xitoyning Sinopharm, Rossiyaning “Sputnik V” vaksinalari hamda COVAX dasturi va GAVI (Vaksina va immunizatsiya global alyansi) doirasida vaksinalardan foydalaniladi.

    Turkmaniston

    Turkmanistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va kasallanganlar soni haqida ko‘p ham ma’lumot taqdim etilmaydi. Ammo mahalliy OAVlarning so‘nggi xabarlariga qaraganda, Turkmanistonning Dashoguz viloyatida 10-mart kuni COVID-19’ga qarshi emlash boshlangan, birinchi bo‘lib tibbiyot va politsiya xodimlari emlangan.

    Ayni paytda Turkmanistonda faqat Rossiyaning ikki xil vaksinasi — “Sputnik V” va “EpiVakKorona” rasmiy litsenziyaga ega.

    Biroq, gazeta manbalariga ko‘ra, aholi  Xitoy dori vositasi bilan emlanmoqda, vaksinaning partiyasi 6-mart kuni mamlakatga olib kelingan.

    O‘zbekiston

    14-mart kuni O‘zbekistonda dekabrdan beri birinchi marta bir kunda 100 dan ortiq odamda koronavirus aniqlanib, shundan 93 tasi Toshkent shahrida qayd etilgandi. Poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari asosan o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan, Xususan, Toshkentdagi 77 ta maktabda o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 117-sonli bog‘chada ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlandi va bog‘cha vaqtincha yopildi.

    Koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkentdagi ayrim maktablarda o‘qish bosqichma-bosqich masofaviy shaklga o‘tkazilmoqda, bozor va savdo markazlarida karantin talablari kuchaytirildi.

    O‘zbekistonda 17-mart holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 971 kishiga yetdi. O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana 113 kishida COVID-19 tasdiqlangan, ularning 93 nafari — Toshkent shahrida.

    18.03.2021, 21:45   Izoh (0)   19036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST AstraZeneca bilan emlashda davom etishni tavsiya qildi. Vaksinadan foydalanish Yevropa Ittifoqining yirik davlatlarida to‘xtatilgan

    18.03.2021, 15:57

    Sergey Shoygu: “Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar — xomxayol”

    18.03.2021, 14:09

    Tataristonda yosh bolalar “Ozodlik jangchisi” yodgorligini yoqib yubordi. Mahalliy hokimiyat yodgorlikni olovga chidamli degandi (video)

    18.03.2021, 13:56

    COVID-19’ni inkor qilgan Tanzaniya prezidenti vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u avvalroq koronavirusga chalingan

    18.03.2021, 11:55

    Dunyoda koronavirusga chalinish darajasi o‘sdi, keksalarda qayta kasallanish xavfi yuqori bo‘lib chiqdi, ob-havo COVID-19 tarqalishiga ta’sir qiladimi? Koronaxabar...

    18.03.2021, 11:32

    Bayden Putinni qotil deb atadi va “saylovlarga aralashgani” uchun o‘ch olish bilan tahdid qildi. Rossiya elchisi AQShdan chaqirib olindi. Umumiy ma’lumotlar

    18.03.2021, 10:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.