Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Erik Dion Uorren ismli shaxs yangi BMW xarid qilishni shu qadar xohlagani uchun bankni o‘marishga qaror qildi. O‘ylagan rejasini amalga oshirish maqsadida 50 yoshli erkak o‘ziga yoqqan modelni test-drayv uchun olgan va unda bankka qarab yo‘l olgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

O‘g‘irlik sodir etilishidan avval Erik Dion Uorren BMW’ning dilerlik markaziga kelgan va sinovdan o‘tkazish uchun avtomobilni olgan. Muassasaga kirgan erkak kassirga o‘qotar qurol bilan tahdid qilib, 100 va 50 dollarli nominaldagi kupyuralarda 10 ming dollar berishini talab qilgan. Bosqinchi o‘z talabini qog‘ozga yozib ko‘rsatgan. Pullarni olgach erkak avtosalonga qaytib borgan va BMW uchun dastlabki to‘lovni amalga oshirgan.

Biroq yaxshi o‘ylanmagan reja o‘zini oqlamagan. Bank xodimi o‘g‘riga berilgan pullar ichiga belgi qo‘yilgan 20 dollarli kupyuralarni ham qo‘shib yuborishga ulgurgan. Erik Dion Uorren dilerlik markazida bitimni rasmiylashtirishni juda tezlashtirgani sabab jinoyat joyida barmoq izi mavjud varaqni qoldirib ketgan. Bundan tashqari, erkak o‘zi harakatlangan BMW’ning jinoyat joyida bo‘lgani hisobga olinishini e’tibordan qochirgan.

Politsiyachilar jinoyatchini avtosalonning o‘zida hibsga olgan. 50 yoshli Erik Dion Uorren 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Floridada 26 yoshli yigit internetdagi qo‘llanmalar bo‘yicha bankka o‘g‘rilikka tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar