• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Respublika onkologiya markazidagi ikki oydan beri ishlamayotgan uskunani tuzatish va’da qilindi. Bu O‘zbekistonda saraton kasallarini davolaydigan yagona apparat

    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati ikki oydan buyon ishlamayotgan chiziqli tezlatgich nur berish uskunasini yaqin kunlarda tuzatishga va’da berdi. Ushbu uskuna saraton kasallarini davolash uchun foydalaniladi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

    “Podrobno.uz”ning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarda eri saraton kasalligiga chalingan Regina Nigmatullina videomurojaati tarqaldi. Unda onkologiya markazidagi ushbu uskuna ikki oydan buyon ishlamayotgani va muntazam buzilayotgani tufayli tumush o‘rtog‘ining ahvoli o‘lar darajada og‘irlashishi mumkinligi aytilgan. Bu holat boshqa ko‘plab bemorlarga ham tegishli, chunki bunday apparat respublikada yagona hisoblanadi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bu holatga quyidagicha izoh bergan.

    2018-yilda Buyuk Britaniya Elekta Infinity firmasining chiziqli tezlatgich nur berish uskunasi o‘rnatilgan va ishga tushirilgan. Bu boshqa ishlab chiqaruvchilarning hech bir moslamasida o‘xshashi bo‘lmagan texnik parametrlarga ega Respublikadagi birinchi zamonaviy chiziqli tezlatgich nur berish uskunasidir. Qurilma ko‘p qirrali bo‘lib, ham standart davolanishni amalga oshirish, ham barcha zamonaviy yuqori aniqlikdagi texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.

    Qurilma ikki yil davomida UMN Medical kompaniyasi kafolat xizmatida bo‘lgan. Uning kafolat muddati 2020- yil avgustida tugagan.

    “Qurilmaning birinchi nosozligi 2020-yil sentabr oyida yuz bergan (apparatning “katod”i ishlamay qolgan). Ushbu detal Buyuk Britaniyadan buyurtma qilinib, yetkazib berilgan. UMN Medical xodimlari tomonidan shartnoma asosida ushbu qism o‘rnatilib, apparat ishga tushirilgan. ‘Katod’ buzilgani sabab qurilma bir oy davomida ishlamagan. Shundan so‘ng u 2021-yil yanvar oxirigacha ishladi”, — deb ta’kidlangan markaz xabarida.

    Qurilma ikkinchi marta ishdan chiqqanidan so‘ng o‘sha kunning o‘zida servis markazi mutaxassislari chaqirilib, “ion nasosi” va uning elektr ta’minoti bloki ishdan chiqqani aniqlangan. Apparatdan foydalanish to‘xtatilgan. Servis markazi mutaxassislari diagnostika ishlarini olib borgan va Yevropadan kerakli ehtiyot qismlariga buyurtma bergan. Pandemiya va yetkazib berish qoidalari tufayli qurilmaning ushbu qismlari 2021-yil fevral oyida yetkazib berilgan va o‘rnatilgan.

    Apparat sinov tariqasida ishga tushirilganda, uning “katod”i va vakuum tizimi membranasi ishdan chiqqani aniqlangan. Mart oyining boshlarida ushbu qismlar Yevropadan yetkazib berish uchun buyurtma qilingan. Qurilmani ta’mirlayotgan kompaniya ehtiyot qismlar 2021-yil mart oyi oxirlarida yetkazib berilishini aytgan. Ehtiyot qismlari o‘rnatgandan so‘ng apparat yana ishga tushiriladi.

    “Biz ushbu apparat iloji boricha tezroq ishga tushirilishidan manfaatdormiz, chunki bemorlarimiz ahvoli unga bog‘liq va biz uni tezroq xizmatga qaytarish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiryapmiz”, — deya ta’kidlangan markaz xabarida.

    “Podrobno.uz”ning qayd etishicha, markazning bayonotiga parallel ravishda ushbu qurilmaga xizmat ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan UMN Medical direktori Manvel Arutyunyan tomonidan berilgan ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Uni Telegram’dagi “Gorod govorit” kanali tarqatdi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “qurilmadan foydalanish boshlanganidanoq, onkologiya markazi bemorlar oqimini kuniga 50 nafardan 90 nafargacha oshirishga qaror qilgan, klinika kuniga 16—18 soat davomida uch smenada ishladi. Qayd etish joizki, MAGATEning ko‘rsatmasiga asosan bunday turdagi qurilmaga to‘g‘ri keluvchi bemorlar soni haftasiga besh kunlik ish jadvalida kuniga 50 kishidan oshmasligi kerak. Shunday qilib, tushunishimizcha, qurilmaning eskirishi ikki baravar tez kechmoqda: 2 yil 7 oy ichida u besh yillik normani bajarib qo‘ydi”.

    Sentabr oyida UMN Medical ushbu markazga chiziqli tezlatgichning kafolatidan keyingi bir yillik xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma taklif qilgan. Moliyalashtirish yo‘qligi sababli kelishuv tuzishga erishilmagan: “na Respublika markazi budjetidan, na Sog‘liqni saqlash vazirligi budjetidan bunday mablag‘lar ajratilmagan”.

    Manvel Arutyunyan ma’lum qilishicha, bir muncha vaqtdan beri chiziqli tezlatgichni ta’mirlash bilan Qozog‘istonning Medicine Equipment Service kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

    “Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu kompaniya tezlatgichlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega, ammo boshqa ishlab chiqaruvchilardan. U hech qachon Electa tezlatgichlari bilan ishlamagan, ishlab chiqaruvchi tomonidan sertifikatlangan muhandislarga ega emas. Davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Medicine Equipment Service MChJ O‘zbekiston hududida ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilmagan. Shu sababli ushbu kompaniya ishlab chiqaruvchilar ma’lumotiga ko‘ra original bo‘lmagan va ishlab chiqarishda sinovdan o‘tmagan ehtiyot qismlarni qanday qilib yetkazib berayotgani tushunarsiz”, —  deb ta’kidlagan u.

    “Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi — bunday uskuna bilan ishlashda tajribaga ega bo‘lmagan kompaniyaga mamlakatdagi saraton kasallari uchun yagona bo‘lgan zamonaviy tezlatgichni ta’mirlashga kim ruxsat berdi? Xudo ko‘rsatmasin, biror narsa yuz bersa, kim javob beradi?”, — deya yakunlagan xabarni “Podrobno.uz”.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning fevralida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari muassasada yuz berayotgan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni so‘rab, Prezidentga murojaat yo‘llagani tasvirlangan video keng bahs-munozaraga sabab bo‘lgandi. Videomurojaatda markazning Toshkent shahar filiali direktori boshchiligidagi bir guruh shaxslar tomonidan korrupsiya harakatlari ochiqdan ochiq kuchayib ketgani, markaz direktori o‘zining qo‘l ostidagi ishonchli shaxslar orqali bemorlar va ularning qarindoshlaridan kasallikni tuzatish bahonasida turli yo‘llar va vositalar bilan pul talab qilish yo‘liga o‘tgani aytilgan.

    2021-yil 2-fevralida Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan ushbu markaz mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ushbu jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingandi.

    16.03.2021, 22:29   Izoh (0)   32412
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda fuqaroni “ayollar daftari”ga kiritish uchun 500 dollar talab qilgan mahalla raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    16.03.2021, 21:59

    Adliya vazirligi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurganlik uchun jarima borligini eslatib o‘tdi

    16.03.2021, 21:47

    Shuhrat Abdurahmonov: “To‘rt yil avval O‘zbekiston va Qirg‘iziston bir-biriga yopiq mamlakatlar edi”

    16.03.2021, 21:12

    “O‘zbekiston bizdan 40—50 yilga oldinga o‘tib ketgan” — Sadir Japarov

    16.03.2021, 20:46

    Andijon davlat universitetining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi

    16.03.2021, 20:42

    Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi

    16.03.2021, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.