• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda pandemiya boshidan buyon taxminan 5,2 mln kishi kamida bir marta moddiy yordam olgan

    Toshkentda 12-mart kuni COVID-19 pandemiyasining 2020-yil aprelidan 2021-yil yanvarigacha bo‘lgan davrda mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy holati va psixologik salomatligiga ta’sirini baholovchi “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” (“O‘FT”) loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari taqdim etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Rivojlanish strategiyasi markazi tomonidan Jahon banki ko‘magida 2018-yildan boshlab amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasidagi so‘rovnomalarda mamlakat bo‘ylab har oy 4000 uy xo‘jaliklari qatnashmoqda. Unda, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi 600 ta mahalla raislari ham ishtirok etmoqda.

    2020-yilning mart oyida birinchi umummilliy karantin joriy etilishi ortidan loyiha pandemiyaning fuqarolar ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va psixologik salomatligiga ta’sirini ham kuzatishni boshlagan. Inqiroz boshlanganidan buyon jami 18 000 dan ortiq uy xo‘jaliklari va 4000 dan ortiq mahalla raislari so‘rovnomada qatnashgan.

    So‘rov natijalariga ko‘ra, 2020-yil aprel oyidan buyon taxminan 5,2 million kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatilgan. Ularga nafaqalar, vaucherlar (68 foiz) yoki bir martalik pul mablag‘i (29 foiz) shaklida davlat tomonidan yordam berilgan.

    Foto: CERR.Uzbekistan

    Foto: CERR.Uzbekistan

    Yordam olish to‘g‘risidagi xabarlar shahardan kelgan respondentlar orasida ikki baravar ko‘p uchraydi. Umuman olganda, moddiy yordamni daromadi past uy xo‘jaliklariga manzilli yetkazishga erishilgan.

    2020-yilning so‘nggi oylarida mahalla raislari fuqarolarning ijtimoiy yordam bo‘yicha murojaatlari soni kamaygani haqida xabar bergan. Shunday qilib, bolali oilalarga (0 yoshdan 2 yoshgacha) bolalarni parvarish qilish bo‘yicha nafaqa olish uchun yangi murojaatlarning soni avgust oyida mahallalarning 58 foizida kuzatilgan bo‘lsa, 2021-yilning yanvar oyida bu raqam 28 foizni tashkil etgan. Bolali, kam ta’minlangan (2 yoshdan oshgan) oilalar uchun imtiyozlar bo‘yicha yangi arizalar soni shu davr mobaynida mahallalarning 51 foizdan 32 foizga tushgan.

    Kam ta’minlanganlar uchun boshqa imtiyozlar bo‘yicha arizalar (oilada farzandlar borligi bilan bog‘liq bo‘lmagan) avgust oyida mahallalarning 56 foizdan 2021-yilning yanvar oyida 21 foizga qadar kamaygan. Avgust oyida boshqa xayriya jamg‘armalariga yordam so‘rab qilingan murojaatlar mahallalarning 46 foizida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning soni 2021-yilda deyarli nolga tushgan.

    Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, fuqarolarning shoshilinch va ijtimoiy yordam so‘rab qilgan murojaatlarining kamayishi ijobiy tendensiya sifatida qaralishi mumkin, chunki bu aholining iqtisodiy ahvoli izchil yaxshilanayotganligi ko‘rsatkichlaridan biridir.

    “‘O‘zbekiston Fuqarolarini tinglab’ loyihasini amalga oshirish davomida to‘plangan ma’lumotlar kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha samaraliroq va odamlarning real ehtiyojlariga yaqinroq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga yordam beradi”, — degan Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston aholisining daromadlari qanday o‘zgardi?
    • O‘zbekistonda pandemiya erkaklarga qaraganda ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga katta zarar yetkazdi

    15.03.2021, 20:52   Izoh (0)   13832
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xatirchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

    15.03.2021, 20:19

    “Kuchsizlangan koronavirus”, “tugagan karantin” va “buzilgan makiyaj”. O‘zbekistonliklar nega niqob taqmay qo‘ydi?

    15.03.2021, 19:58

    O‘zbekistonda inson o‘zini baxtli his qilishi uchun yiliga qancha pul kerakligi ma’lum qilindi

    15.03.2021, 19:13

    IIV YHXBB internetda Qashqadaryoda YPX avtomobili yonib ketgani to‘g‘risidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

    15.03.2021, 18:10

    Toshkentdagi 117-sonli bog‘cha vaqtincha yopildi. Ikki nafar tarbiyachi va bolalarda koronavirus aniqlandi

    15.03.2021, 17:47

    Toshkentda yil boshidan beri koronavirusga chalinganlarning salkam 40 foizi uy bekalari ekani ma’lum bo‘ldi

    15.03.2021, 17:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.