• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston aholisining daromadlari qanday o‘zgardi?

    O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar—dekabr oylari holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 401,5 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aholining umumiy daromadlari — majburiy to‘lovlar va boshqa ajratmalarni amalga oshirgunga qadar bo‘lgan yalpi daromadni ifoda etadi. Aholining umumiy daromadiga pul daromadlari va natural shaklidagi daromadlar kiradi hamda doimiy asosda, takrorlanuvchi xususiyatga ega bo‘lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‘idagi davrda uy xo‘jaligi yoki uning alohida a’zolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi.

    “Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri — iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 2,6 foizni tashkil etdi (o‘tgan yilning uchta choragi bo‘yicha pasayish 0,3 foizga teng edi)”, — deyiladi Statqo‘m xabarida.

    2020-yilning 12 oyi davomida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 11,7 million so‘mni tashkil etgan, real o‘sish — 0,7 foiz, bu 2019-yilgi ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada past (5 foiz).

    2020-yilning yanvar—dekabr oylarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi Toshkent shahrida (23,5 million so‘m) hamda Navoiy (19,2 million so‘m), Buxoro (14,4 million so‘m), Toshkent (12,5 million so‘m) va Xorazm (12 million so‘m) viloyatlarida respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatilgan.

    Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi eng quyi ko‘rsatkichlari Farg‘ona (8,7 million so‘m) hamda Namangan (9 million so‘m) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,1 million so‘m) qayd etilgan.

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Navoiy viloyati (6 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 foiz), Samarqand (3,7 foiz) va Toshkent (3,4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

    Shu bilan birga, aholi jon boshiga real daromadlarning pasayishi quyidagi viloyatlarda kuzatilgan: Sirdaryo — 2,4 foiz (2019-yilda o‘sish 7,1 foiz), Andijon — 2,2 foiz (+4,5 foiz), Farg‘ona — 1,7 foiz (+1 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida — 1,2 foiz (+13,2 foiz).

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Davlat statistika qo‘mitasining 2000—2020-yillardagi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent va Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromad 20 yil ichida birinchi bor pasaygan, Xorazm viloyatida — 2003-yildan buyon birinchi bor, Andijon viloyati — 2015-yildan, Sirdaryoda — 2017-yildan beri.

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Skrinshot: Davlat statistika qo‘mitasi

    Aholining umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar) sezilarli ulushni tashkil etmoqda. 2020- yilning yanvar—dekabr oylari ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning umumiy daromadlar tarkibidagi ulushi 69,3 foizni tashkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 2019-yilning mos davriga nisbatan 115,1 foizni tashkil etdi hamda aholi umumiy daromadlari nominal hajmining 10,5 foizga o‘sishi ta’minlangan.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning aprelida Xalqaro valyuta jamg‘armasi iqtisodiy prognozini e’lon qilgan va unda jahon iqtisodiyotida YaIMning yil oxiriga borib 3 foizga tushishi mumkinligini bildirgandi. Bu 2009-yildan beri kuzatilgan birinchi retsessiya bo‘ladi, 11 yil avval global iqtisodiyot 0,08 foizga qisqargandi.

    “2020-yilda dunyo iqtisodiyoti Buyuk tushkunlik davridan (1929—1933-yillar) buyon kuzatilmagan chuqur retsessiyani boshidan o‘tkazishining ehtimoli baland”, — deya ta’kidlagan edi XVJning bosh iqtisodchisi Gita Gopinat.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi

    03.02.2021, 11:46   Izoh (0)   18002
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Toshshahartransxizmat” eng talabgir avtobus marshrutlari top-3 ligini e’lon qildi. Ulardan birini yaqinda qisqartirish rejalashtirilgan edi

    03.02.2021, 11:22

    O‘zbekistonda xorijda vafot etganlarning jasadini olib kelishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etiladi

    03.02.2021, 11:12

    Buxorodagi cho‘lda ekologiya xodimlari o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan kaltaklandi. Xodimlardan birining ko‘zi jarohatlandi, avtomobiliga zarar yetkazildi

    03.02.2021, 10:47

    “O‘zbekneftgaz”: “Doyaxotin” konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o‘zlashtirildi

    03.02.2021, 10:30

    Toshkentda noqonuniy bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatildi

    03.02.2021, 09:51

    Namanganda 4 balli zilzila qayd etildi

    03.02.2021, 09:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.