Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2021-yilning yanvarida AQSh hukumati Xiaomi kompaniyasi “qora ro‘yxat”ga kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu amerikaliklarga ushbu kompaniya ulushlarini sotib olish yoki unga sarmoya kiritishni taqiqlaydi. Hi-Tech.Mail.ru’ning yozishicha, taqiq noyabr oyida kuchga kirishi kerak bo‘lgan, biroq kompaniya sud orqali uni bekor qilishga erishgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Mazkur xabardan so‘ng Xiaomi zudlik bilan Kolumbiya okrugi federal sudiga murojaat qilgan. Kompaniyaning ta’kidlashicha, uning hukumat va Xitoy harbiylariga hech qanday aloqasi yo‘q.

AQSh okrug sudyasi Rudolf Kontreras Xiaomi’ning da’vosini qanoatlantirgan va vaqtincha taqiqni bekor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada mazkur ishni hech qanday zararsiz yutib chiqish borasida ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Taqiq bekor qilinishi bilan kompaniya aksiyalari 10 foizga qimmatlashib ketgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

AQSh hukumati 1999-yildagi qonunga ko‘ra mazkur taqiqni joriy etgandi. Unga ko‘ra, mamlakat Mudofaa vazirligi Xitoy harbiylariga bog‘liq kompaniyalar ro‘yxatini taqdim etishi kerak. Hozirga qadar amerikaliklar tomonidan Xiaomi’ning harbiylarga tegishli ekanligi yoki ular tomonidan boshqarilishiga oid hech qanday dalillar keltirilmagan.

Xiaomi ayni vaqtda dunyo bo‘yicha eng ko‘p smartfonlari sotilayotgan kompaniyalar orasida 3-o‘rinda ketmoqda. AQShda mazkur kompaniya smartfonlari rasman sotilmaydi, faqatgina “aqlli” uylar uchun ayrim tovarlar va tashqi akkumulyatorlar kabi mayda narsalarni xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyul oyida AQSh Huawei va Xitoyning boshqa texnologik kompaniyalari uchun viza cheklovlarini joriy qilgan edi. Davlat departamentining ma’lum qilishicha, bu kompaniyalar inson huquqlarining buzilishida ishtirok etayotgan mamlakatlar rasmiylariga yordam ko‘rsatmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi oqibatida mamlakatimizga keladigan suv hajmi kamayishi xavfi mavjud” — Suv xo‘jaligi vazirligi
Mahalliy
Toshkentda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi Matiz harakatsiz turgan Lada bilan to‘qnashdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda 4-iyun kuni havo harorati 39 darajagacha ko‘tariladi