Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi ilmiy xodimi Muzaffar Mo‘minov O‘zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi haqida tarqalayotgan mish-mishlar yuzasidan izoh berdi.

Foto: Telegram / “Vaksinauz”

Foto: Telegram / “Vaksinauz”

— Nega ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi nomida 2001 soni mavjud. Vaksina o‘sha yilda ishlab chiqarilganmi?

— Bu sonlarga nisbatan ayrim insonlarda shubha uyg‘ongani rost. Xitoyliklar o‘zlarining 2001-yildan qolgan vaksinalarini bizda sinovdan o‘tkazishmoqchi, deganlar ham bo‘ldi. Aksincha, vaksinada o‘rin olgan bu sonlar 2020-yilning birinchi oyi (01), ya’ni yanvar oyidan shu loyiha ustida ish olib borilganligini anglatadi.

Loyiha 2020-yil uchun dastlabki qadam bo‘lganligi uchun vaksina nomida 2001 soni yozilgan. Ushbu sonni 2001 (ikki ming bir) emas balki 20/01 (yigirma/nol bir) sifatida o‘qilishi anglashilmovchilikning oldini oladi. Shu sababli vaksinaga “eskirib” qolgan sifatida qaramaslik lozim, — dedi Muzaffar Mo‘minov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina sifatida Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan vaksina 1-mart kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. O‘zbekistonning hissasi va sa’y-harakatlarini inobatga olib, kompaniya ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan ishlab chiqarish va foydalanishga kelishilgan.

Vaksina koronavirusning “britancha” va “afrikacha” shtammlariga qarshi Moderna vaksinasidan olti barobarga yaxshiroq bo‘lib chiqqani ma’lum qilingan.

Xitoy kompaniyasi mazkur vaksinani hamkorlikda ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator farmatsevtika korxonalari faoliyatini o‘rganib, laboratoriya hamda texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olib, Jurabek Laboratories MChJ qo‘shma korxonasini tanlagan.

Ushbu vaksina 1-mart kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Keyinroq O‘zbekiston koronavirusga qarshi 1 million doza ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr