AQSh Misrga Rossiyaning Su-35 qiruvchilar partiyasini sotib olish rejasi uchun sanksiyalar bosimi bilan tahdid qildi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shuxriga qo‘ng‘iroq qilganida ma’lum qildi, deb xabar berdi Al Jazeera.
Nashr mutaxassislarining fikriga ko‘ra, Qohira Moskva bilan qurol manbalarini diversifikatsiya qilishga kelishib oldi. Lekin Vashington bosimi ostida bitim muzlatib qo‘yilishi mumkin. Chunki Misr AQShning hamkori bo‘lib, undan har yili 1,3 milliard dollarlik harbiy yordam oladi. Ushbu mablag‘larni yo‘qotish xavfi ostida Misr hukumati rus texnikalaridan voz kechishi mumkin.
2019-yilning mart oyida Rossiya va Misr Qohiraga 2 milliard dollar evaziga Su-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan edi. Keyinchalik AQSh bir necha bor Misrga bosim o‘tkazdi va shartnomadan voz kechishni talab qildi.
Su-35 4++ avlodiga mansub ko‘p funksiyali qiruvchi samolyot bo‘lib, Su-27 va Su-30 qiruvchilari va ularning modifikatsiyalari uchun asos bo‘lgan T-10S platformasi asosida qurilgan so‘nggi jangovar samolyot.
Izoh (0)