Toshkent vaqti bilan 27-sentabr, yakshanba tongida Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da UFC 253 musobaqasi doirasida yarim yengil vazn toifasida rossiyalik Zubayra Tuxugov (19-5-1) kanadalik Hakim Davoduga (12-1-1) qarshi jang qildi.

Foto: Twitter

To‘qnashuv to‘liq 3 raund davom etdi. Unda hakamlar Davoduning g‘alabasini qayd etdi. Shu tariqa Zubayra Tuxugov MMA’dagi faoliyatida beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Hakim uchun esa bu MMA’dagi 12-g‘alabasi bo‘ldi.

Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin → havola.

Musobaqaning asosiy jangi o‘rta vazn chempioni Isroil Adesanya da’vogar Paulo Kosta o‘zaro to‘qnash keladi.

UFC 253 ning yakuniga yetgan janglari natijasi:

  • Hakim Davodu (12-1-1) ochkolar evaziga Zubayra Tuxugovni (19-5-1) taslim etdi;
  • Bred Riddell (9-1) Aleks da Silvani (21-3) ochkolar evaziga mag‘lub etdi;
  • Jeyk Mettyuz (17-4) Diyego Sanchesni (31-13) ochkolar evaziga taslim qildi;
  • Lyudovit Kleyn (17-2) 1-raunddayoq Sheyn Yangni (13-5) nokautga uchratdi;
  • Uilyam Nayt (9-1) ochkolar evaziga Aleksa Kamur (6-1) ustidan g‘alabaga erishdi;
  • Xuan Espino (10-1) 1-raunddayoq Jeff Hyuz (10-4) ustidan g‘alaba qildi;
  • Danilo Markes (10-2) ochkolar evaziga Hadis Ibragimovni (8-4) mag‘lub etdi;