Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab, cho‘kib ketgan yigit jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi online”.
Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumaniga qarashli Bo‘tqachi qishlog‘ida yashovchi 17 yoshli A.A. 2020-yilning 22-dekabr kuni o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab cho‘kib ketgan.
Bu holat yuzasidan mahalliy hokimlik idoralari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uzoq muddat davomida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi. Qidiruv ishlari viloyatning o‘nta tumani hududi bo‘ylab amalga oshirildi.
“Kuni kecha bu yigitning murdasi topildi. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanmoqda”, – deydi Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov.
Avvalroq prokuratura ushbu suvga cho‘kib o‘lgani taxmin qilinayotgan bola haqida ma’lumot bergandi.
Mavzuga doir: “Yolg‘iz o‘g‘lim edi, tuproqqa o‘zim qo‘yay”. Farg‘onada suvga cho‘kib o‘lgani taxmin qilingan bolaning murdasi qidirilmoqda
Izoh (0)