Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 10-sinf o‘quvchisi suvga cho‘kib o‘lgani taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. 16 yoshli A.A. qishloq hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab, qaytib chiqmagan.

Foto: “Daryo”

Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil 22-dekabr kuni Yozyovon tumanida tug‘ilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi talabasi A.A. voyaga yetmagan tanishlari oldida Katta Farg‘ona kanalining Yozyovon tumani “Taraqqiyot” mahallasidan o‘tgan qismiga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.

Voyaga yetmagan bolani qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Foto: “Daryo”

Ayni vaqtda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mintaqaviy qutqaruv otryadi tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy va undan besh kilometr uzoqlikdagi masofa oralig‘ida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Qariyb o‘n besh kundan buyon yuzlab odamlar ko‘ngilli tarzda marhumning jasadini izlashga kirishgan.