• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Retro klassika. “Dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” deb atalgan “King Kong” filmi haqida

    “King Kong” filmi Merian Kuper va Ernest Shodsak tomonidan 1933-yil suratga olingan. Film ilk premyera qilingan kundan, tomoshabinlar tomonidan kutilganidanda yaxshiroq qabul qilingan. Retro filmning o‘zidan qoldirgan me’rosi esa beqiyos hisoblanib, kinematografiya rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgani bilan ajrab turadi. 1933-yilgi filmdan so‘ng, “King Kong” 3 marta – 1976, 2005, 2017-yillarda shu nom ostida qayta suratga olingan. So‘nggi qayta ishlangan filmning davomi sifatida esa, 2021-yil 24 mart kuni “Godzilla Kongga qarshi” filmi premyera qilinadi.

    Shu munosabat bilan “Daryo” kolumnisti Farrux Adhamjonov klassik film haqida hikoya qiladi.

    Sujet

    Nyu-Yorklik kinematografist Karl Denxem (Robert Armstrong) sirli orolda film suratga olish uchun ijodiy guruh yig‘ishni boshlaydi. Bosh qahramon uchun aktrisa topilmayotgan vaqt, Denxem Enn Derrou (Fey Rey)ni uchratib qoladi. Vaqtincha ishsiz bo‘lgan Derrou filmda suratga tushishga rozi bo‘ladi va ijodiy guruh sirli orol tomon yo‘l olishadi. Kema yo‘lga chiqqach, aktrisa kapitan yordamchisi bo‘lgan Jek Driskoll (Bryus Kebot)ni yoqtirib qoladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kema orolga borganida ekipaj a’zolari u yerning tub aholisi – aborigenlarga duch kelishadi. Aborigenlar go‘zal aktrisani o‘g‘irlab, ulkan devorlar orasidagi darvozaga bog‘lab qo‘yishadi. Kutilmaganda, ulkan maxluq – Kong aktrisani olib ketadi. Ijodiy guruh aktrisani qutqarish uchun Kongning ortidan yo‘l olishadi, bu vaqtda esa Kong o‘z asirasini saqlash uchun bahaybat tironazavr, pleziozavr va pterodaktil kabi maxluqlar bilan jang olib boradi. Vaziyatdan foydalangan Jek, aktrisani Kong changalidan olib qochadi. Ularni ta’qib qilgan Kong esa sohilda hushidan ketadi. Vaziyatdan foydalangan holda, kinematografist Kongni o‘zi bilan Nyu-Yorkka olib ketishni va u yerdagi insonlarga tomosha ko‘rsatishni reja qiladi. “Dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” nomi ostidagi tomoshada zanjirlangan Kong, yuzlab insonlar oldida hushiga keladi. Kong zanjirlarni uzib yuborganidan so‘ng esa, go‘zal aktrisa Derrouni yana o‘g‘irlab ketadi. Shahar ichini vayronaga aylantirishni boshlagan Kong, o‘z asirasini changallagancha osmono‘par Empire State Building’ga chiqishni boshlaydi. U yerda havo hujumiga uchragan va qattiq yaralangan Kong yerga qulaydi va halok bo‘ladi. Uning o‘lik tanasi oldida Denxem yakuniy iqtibosni aytadi – “Uning o‘limi sababchisi samolyotlar emas, balki – go‘zallik edi” .

    Tahlil

    “King Kong” – zamonaviy filmlarga mustahkam poydevor vazifasini bajarib bera olgan retro klassikadir. O‘zining inqilobiy ko‘rinishi bilan film tomoshabinlarga yangi va o‘zgacha tajriba taqdim qila olgan. Film ssenariysi ko‘plab mashhur asarlar va filmlardan ilhomlanib yaratilgan, eng muhim rolni esa Artur Konan Doylning “Yo‘qolgan dunyo” romani o‘ynagan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “King Kong” – AQSh filmlarini dunyoga tarqalish an’anasi boshlab bergan ilk kinolardan hisoblanadi. Buyuk depressiya vaqtida dunyo kinoteatrlarini zabt eta olgan film o‘zidan yirik fenomenal meros qoldirgan.

    1930-yillarda filmlarga saundtreklar yozish hali odatga aylanib ulgurmagan edi. “King Kong” esa film muvaffaqiyatining asosiy omillaridan bo‘lgan maxsus saundtreklar ishlashni odatga aylanishiga yordam bergan.

    O‘z janrida eng birinchilardan bo‘lib, qoyilmaqom vizual effektlarni tragedik drama bilan uyg‘unlashtira olgan “King Kong” – dunyo bo‘ylab yuzdan ortiq rejissorlarni filmlar suratga olishga ilhomlantira olgan.

    Filmning yagona kamchiligi deb tanqidlarga uchrovchi sabab – o‘zida irqiy kamsitish elementlari borligi hisoblanadi. XX asr boshlarida ilmiy tomonlama “irqiy ustunlik” deb ko‘riluvchi xato tushuncha ssenariyga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmagan.

    Film allegorik ko‘rinishda, dunyoni qutqaruvchi go‘zallik, halokatga yetaklovchi omil bo‘la olishi mumkin ekanini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, hatto eng qo‘rqinchili maxluq ham go‘zallikni his qila olishini va seva olishini namoyon qilgan.

    Tanqidiy allegoriya sifatida anti-kolonializm va tabiatga do‘st bo‘lish kabi xabarlar bor. King Kong – mustamlakachilikning doimiy ozodlikka intiluvchi simvolizmi hisoblanadi. Bu yo‘lda esa kimningdir asiri bo‘lishdan ko‘ra o‘lim ustunroq qo‘yilgan. “King Kong” – insonlar o‘zining cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatga zarar yetkazishni to‘xtatishi, boshqa hayvonlarni sirk va zooparklarda saqlashni qoralovchi, olamning tabiiy mexanizmini buzmaslikka chorlovchi kuchli xabarlarni taqdim etgan.

    Film 1991-yil o‘zining ulkan madaniy, tarixiy va estetik me’rosi tufayli Qo‘shma Shtatlarning National Film Registry ro‘yxatidan joy olgan. “King Kong” – tarixdagi eng muhim deb hisoblangan 100 filmlarning birinchi elliktaligidan o‘rin olgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xulosa

    Ko‘plab kino tanqidchilar va mashhur aktyorlarning eng sevimli filmlaridan biri bo‘lgan “King Kong” – maxluq qalbini ochib berib, tomoshabinlarni qo‘rquvdan baqirish va tragedik qismatidan yig‘lashga unday oladi. Salkam bir asr oldin yaratilgan filmda zamon o‘zgarishi hisobiga, ba’zi ijtimoiy vaziyatdagi kamchiliklar ko‘zga tashlanishi mumkin, lekin film qoldirgan ulkan tarixiy va estetik me’ros barcha kamchiliklarni yuvib keta oladi. Tabiat va go‘zallikning sof ifodasini yaratib, dahshatli maxluqqa sevgi hissini taqdim etgan tragediya o‘zida turli talqinlar uchun ochiqlikni mujassam etgan. Kinematografiya uchun beqiyos hisoblangan “King Kong” filmini bemalol – “dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi” deb atash mumkin.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

    04.03.2021, 10:46   Izoh (0)   29972
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Al Pachino “Oltin globus”ning onlayn taqdirlash marosimida uxlab qoldi

    02.03.2021, 14:34

    Gollivudcha tejamkorlik: Bitta kostyumdan bir nechta filmlarda foydalanilgan holatlar (foto)

    02.03.2021, 13:33

    Zulfiya tavallud topgan kun munosabati bilan YouTube’da “Hamid va Zulfiya” filmi taqdim etildi

    01.03.2021, 14:34

    “Oltin globus – 2021” taqdirlash marosimi g‘oliblari e’lon qilindi (foto)

    01.03.2021, 12:59

    “Charchadim, ketaman”. Bolaligidan yulduz bo‘lishga ulgurgan Emma Uotson karyerasini yakunlamoqda

    28.02.2021, 12:54

    2021-yilda taqdim qilinadigan turk seriallari

    27.02.2021, 19:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.