• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevroittifoq va AQSh Navalniy ishi yuzasidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Rossiya TIV hamkasblarini olov bilan o‘ynashmaslikka chaqirdi

    Yevroittifoq va AQSh siyosatchi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli rossiyalik amaldorlarga qarshi sanksiyalar kiritdi, deb yozadi Meduza.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Yevroittifoq sanksiyalari haqida dastlab Germaniyaning DPA agentligi xabar berdi. Keyinroq Yevroittifoq rasmiy jurnalida ham bu haqda xabar e’lon qilindi.

    Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov va Jazolarni ijro etish federal xizmati direktori Aleksandr Kalashnikov sanksiyalar ta’siriga uchradi. Ularning Yevroittifoqqa kirishi taqiqlanadi, shuningdek, ularning Yevroittifoq hududidagi aktivlari muzlatib qo‘yiladi.

    AQSh ham Navalniyning ta’qib etilishi tufayli sanksiyalar haqida e’lon qildi. Sanksiyalar, xususan, Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Aleksey Krivoruchko va Pavel Popov, Jazolarni ijro etish federal xizmati rahbari Aleksandr Kalashnikov, bosh prokuror Igor Krasnov va Kremlning ichki siyosat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Andrey Yaringa nisbatan joriy qilindi. Shuningdek, Rossiyaning uchta ilmiy-tadqiqot instituti ham sanksiyalarga uchradi. AQSh hukumati Federal xavfsizlik xizmatini Navalniyning zaharlanishiga aloqador deb hisoblashini ma’lum qildi.

    Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevroittifoq va AQShning yangi sanksiyalarini “Rossiyaga qarshi dushmanlarcha hamla” deb atadi.

    “Sanksiyalar kiritish uchun Navalniyning go‘yoki “jangovar kimyoviy moddalar” bilan “zaharlanishi” bilan bog‘liq ataylab uyushtirilgan provokatsiya bahona qilinganida bema’nilik tantana qiladi. Bularning barchasi — shunchaki bizning ichki ishlarimizga aralashuvni davom ettirish uchun bahona, xolos. Bunga ko‘nmoqchi emasmiz. O‘zarolik tamoyilidan kelib chiqib, javob qaytaramiz, javobimiz simmetrik bo‘lishi shart emas”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

    Muassasa AQShning bunday xatti-harakatlari Vashington tomonidan “to‘liq muzlash nuqtasigacha olib borilgan ikki tomonlama aloqalarni yanada bema’nilashtirish”ga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

    “Rossiyaga sanksiyalar kiritish yoki bosim o‘tkazishning boshqa yo‘llari orqali nimalarnidir yuklash avval ham muvaffaqiyatsiz kechgan, endi ham shunday bo‘ladi. Agar AQSh oqilona asosda teng huquqli muloqotga tayyor bo‘lmasa, bu ularning tanlovi. Amerikaning “sanksiyalarga ishqibozligi”dan qat’i nazar, har qanday tajovuzga qarshilik ko‘rsatgan holda, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qilishda davom etamiz. Hamkasblarimizni olov bilan o‘ynashmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.

    Bu Navalniy ishi bo‘yicha Yevropa tomonidan kiritilayotgan birinchi sanksiyalar emas. 2020-yil oktabrida siyosatchining zaharlanishi tufayli, Yevroittifoq olti nafar amaldorga va bitta ilmiy-tadqiqot institutiga qarshi sanksiyalar e’lon qilgan edi.

    Ma’lumot uchun, muxolifatchi Aleksey Navalniy 17-yanvar kuni Rossiyaga Germaniyadan qaytib keldi, u yerda qariyb besh oy davomida bo‘lib, “Novichok” bilan zaharlanganidan keyin davolandi. Tarafdorlari uni kutib olish uchun Vnukovo aeroportiga keldi. U yerda ommaviy hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi, Navalniy o‘tirgan samolyot esa Sheremetevoga qayta yo‘naltirildi. Qo‘nganidan keyin siyosatchi qo‘lga olindi — “Iv Roshe” ishi bo‘yicha shartli mahkum majburiyatlarini buzganligi uchun.

    18-yanvar kuni Navalniy qamab qo‘yildi, sud esa to‘g‘ridan to‘g‘ri politsiya bo‘limida o‘tkazildi. 19-yanvar kuni Navalniy tomonidan tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KKF) “Putinning qasri” haqidagi filmni e’lon qildi. U 100 million martadan ortiq tomosha qilindi, ijtimoiy tarmoqlar esa shu mavzudagi memlarga to‘lib ketdi. Hukumat uning qasr emas, apart-mehmonxona ekanligini va unga Putin emas, balki uning do‘sti Arkadiy Rotenberg egalik qilishini ma’lum qildi.

    Navalniyning tarafdorlari butun Rossiya bo‘ylab ommaviy norozilik aksiyalarini uyushtirdi. 23-yanvar kuni to‘rt mingdan ortiq, 31-yanvar kuni besh mingdan ortiq odam hibsga olindi. Ko‘p yillardan buyon bunaqasi bo‘lmagandi. Federal telekanallar “xushmuomala politsiyachilar” haqida hikoya qildi, aslida esa ular namoyishchilarga qarshi dubinka, elektroshoker va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llagan edi (Kreml buni provokatsiyaga javob deb atadi).

    Aksiyalardan keyin kamida 40 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Navalniyning safdoshlari Lyubov Sobol va Kira Yarmish, shuningdek, siyosatchining ukasi Oleg mitingda koronavirusga qarshi choralarni buzganlik uchun uy qamog‘iga hukm qilindi. Navalniyning yana bir safdoshi Leonid Volkov o‘smirlarni ko‘cha aksiyalariga jalb qilganlik uchun qidiruvga berildi.

    Moskvaning Simonov tumanlararo sudi 2-fevralda Navalniyni “Iv Roshe” ishi bo‘yicha aybdor deb topib, uning jazoni koloniyada o‘tashi haqida qaror chiqargandi. Moskva shahar sudi 20-fevralda qarorni qonuniy deb topdi va sud hukmi kuchga kirdi.

    Navalniy koloniyada 2,5 yil davomida sud belgilagan jazoni o‘taydi.

    Mavzuga doir:

    • Yevropa Ittifoqining doimiy vakillari Navalniy ishi yuzasidan rossiyaliklarga sanksiyalar e’lon qilishi kutilmoqda
    • AQSh Kongressiga Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalar loyihasi kiritildi
    • Yevropa Ittifoqi Aleksey Navalniy zaharlangani sababli rossiyalik mansabdorlar va “Novichok”ni yaratgan institutga sanksiya joriy qildi

    03.03.2021, 10:10   Izoh (0)   33636
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jek Ma endi Xitoyning eng boy uch odami qatorida emas

    03.03.2021, 09:47

    Shvetsiyada yangi tug‘ilgan chaqaloqda koronavirusning yangi mutatsiyasi borligi aniqlandi

    03.03.2021, 09:35

    Vyetnamda kuryer 12-qavatdan tushib ketgan ikki yoshli qizchani qutqarib qoldi (video)

    03.03.2021, 08:10

    WSJ Xitoyda tug‘ilish darajasining pastligi mamlakat iqtisodiyotiga xavf solishini ma’lum qildi

    03.03.2021, 07:41

    Investorlar Pavel Durovdan TON blokcheyn-loyihasi tufayli ko‘rilgan o‘n millionlab dollar zararni qoplashni talab qildi

    03.03.2021, 06:27

    Avstriyada 41 kishi Pfizer va BioNTech vaksinasi bilan emlangandan keyin vafot etdi

    02.03.2021, 23:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.