Shvetsiyalik olimlar onasi COVID-19 bilan kasallangan yangi tug‘ilgan chaqaloq organizmida SARS-CoV-2 virusining yangi mutatsiyasi mavjudligini aniqladi. Bu haqda The Conversation nashri xabar tarqatgan.
Homilador ayol Malmyodagi kasalxonaga olib kelingan va uning qorin sohasida kuchli og‘riq kuzatilgan. Bolada anomal darajadagi past yurak chastotalarining qisqarishi kuzatilgan, natijada chaqaloqqa kislorod yetib borishi qiyinlashgan. Ayol kesarcha kesish yo‘li bilan operatsiya qilinib, undan koronavirusga tahlillar olingan. Virus genomlari tekshirilganda bolaning tug‘ilishidan avval, ya’ni ona qornidaligi vaqtida koronavirusga chalingani aniqlangan.
Dastlabki tahlillar ona va chaqaloqning organizmidagi viruslar bir xil ekanligini ko‘rsatdi, biroq bir necha kun o‘tgach shifokorlar chaqaloqdagi infeksiya populyatsiyasi o‘zgarganining guvohi bo‘ldi. Bolada dastlabki virusdan farqli yangi shtamm bor bo‘lib chiqdi.
“Bu koronavirusning g‘ayrioddiy sharoitlarda, ya’ni onadan bolaga u tug‘ilishidan oldin o‘tishi bilan bog‘liq birinchi genetik o‘zgarish”, — degan Lund universiteti shifoxonasi akusher-ginekologi Mexren Zaygan.
Olimning qayd etishicha viruslarning mutatsiyasi tez-tez uchrab turadi, ammo A107G nomini olgan shtamm bola tug‘ilganidan besh kun o‘tgach vujudga kelgan. Zaygam virusning o‘zgarishi chaqaloqning ona qornidagi hayotidan keyin yangi tashqi olam bilan muloqotga kirishgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Tibbiyot xodimi virusning ona platsentasini zararlagani, u yallig‘langani, koronavirus oqsili kindik va homila tomonlarida topilganini bildirgan.
Ona koronavirus infeksiyasidan juda tez tuzalgan, u tug‘ruqdan to‘rt kun o‘tib to‘liq sog‘aydi, lekin chaqaloq bir necha kuni davomida shifokorlar nazorati ostida bo‘ldi, bunga go‘dakning belgilangan muddatdan oldin tug‘ilgani sabab bo‘ldi. Biroq chaqaloqda virusga qarshi antitanachalar paydo bo‘ldi va kasallik jiddiy asoratlarsiz kechdi. Keyinchalik koronavirusdan himoyani ona suti emas (sut tarkibida antitanachalar aniqlanmagan), balki bolaning immun tizimi mustaqil ravishda ta’minlagani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga doir: