Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Nurmat Otabekov O‘zbekistonda aholida emlanish jarayonida vaksinani tanlash imkoniyati mavjud yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, fuqarolar koronavirusga qarshi vaksina tanlash va uni qabul qilish ixtiyoriga ega.

“Biz emlash ixtiyoriyligini esdan chiqarmasligimiz kerak va bu majburiy emas. Xuddi shu asnoda qaysi emlash vositasi bilan emlangan bo‘lsa, shu emlash vositasi bilan jarayon yakunlanadi. Qaysi vaksinani tanlash imkoni ham ularning o‘z qo‘lida.

Lekin biz, mutaxassislar, fuqarolarga yetkazib berish, tushuntirish orqali emlash vositasining samarasi yuqori ekanligini, undan kutilgan immun to‘siqni shakllantirishda foydasi borligini tushuntirib yetkaza oladigan bo‘lsak, o‘ylagan maqsadimiz va natijamizga erishishimiz mumkin bo‘ladi”, — deydi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina sifatida Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan vaksina 1-mart kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. O‘zbekistonning hissasi va sa’y-harakatlarini inobatga olib, kompaniya ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan ishlab chiqarish foydalanishga kelishilgan.

Vaksina koronavirusning “britancha” va “afrikacha” shtammlariga qarshi Moderna vaksinasidan olti barobarga yaxshiroq bo‘lib chiqqani ma’lum qilingan.

Xitoy kompaniyasi mazkur vaksinani hamkorlikda ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator farmatsevtika korxonalari faoliyatini o‘rganib, laboratoriya hamda texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olib, Jurabek Laboratories MChJ qo‘shma korxonasini tanlagan.

Bundan tashqari, Rossiya tashqi ishlar vaziri “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonda ro‘yxatga olinganini aytdi. Vaksinadan ommaviy qo‘llash jarayoniga 17-fevral kuni ruxsat berilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2,6 million doza AstraZeneca vaksinasini olishi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Ko‘z oldida onasi otasini otib tashlagan: fojiali voqealarni boshdan kechirgan mashhur ayollar (foto)
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Mahalliy
Toshkentning yana qator hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi