Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov mazkur divizionning bo‘lajak chempioni kim bo‘lishi haqida gapirdi.
Hamma Dastin, Konor, Chendler, Jastin, Oliveyra haqida gapirmoqda. Biroq yil so‘ngida hammasi o‘zgaradi.Toshkent vaqti bilan 7-mart tongida Las-Vegasda UFC 259 musobaqasi o‘tkaziladi. Unda Maxachev Dryu Doberga qarshi jang qiladi. Shuningdek, ushbu musobaqada uchta chempionlik jangi o‘tkaziladi: Yan Blahovich — Israel Adesanya, Petr Yan — Aljemeyn Sterling, Amanda Nunyes — Megan Anderson.Ayni damda kimdir Islom Maxachevni mag‘lub eta oladi deb o‘ylamayman. Boshqaruvni aynan u o‘z qo‘liga oladi. Keyingi davr uniki bo‘lishiga haqiqatda ishonaman.
Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi
Mazvuga doir: Habib Nurmagomedov UFC’dagi faoliyati davomida qancha mablag‘ ishlab topgani hisoblab chiqildi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!