Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 25-turida “Yuventus” 2-mart, seshanba kuni o‘z uyida “Spetsiya”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvda hisob 62-daqiqaga kelibgina ochildi. Alvaro Morata “Yuventus”ning birinchi goliga muallif bo‘ldi. 71-daqiqada Federiko Kyeza hisobni oshirdi. Bellashuvdagi yakuniy hisobni esa Krishtianu Ronaldu 89-daqiqada o‘rnatdi.

Shu tariqa Andrea Pirlo boshchiligidagi “Yuventus” mazkur g‘alabadan so‘ng 49 ochko jamg‘arib, A Seriya musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Safardan mag‘lubiyat bilan qaytgan “Spetsiya” esa 25 ochko bilan 16-o‘rinda qayd etilgan.

A Seriya

25-tur bahsi

2-mart, seshanba

“Yuventus—“Spetsiya” 3:0

Gollar: 1:0 – 62 Morata, 2:0 – 71 Kyeza, 3:0 – 89 Ronaldu.

“Yuventus”: Shchensni, Danilo, Aleks Sandro, Demiral, Frabotta (Bernardeski, 61), Bentankur, Makkenni (Morata, 61), Kulusevski (Di Pardo, 88), Rabyo, Kyeza (Remzi, 72), Ronaldu.

“Spetsiya”: Provedel, Erlich, Vinyali, Tersi, Markissa (Bastoni, 86), Madjore (Akampora, 72), Leo Sena (Agum, 86), Esteves, Jasi, Farias (Verde, 72), Nzola (Galabinov, 72).

Ogohlantirishlar: Frabotta (10), Demiral (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari