• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bir futbolchi tarixi. “Real”dan badarg‘a qilingan “billur oyoq”li Garet Beyl haqida

    Garet Beyl 2021-yilning fevral oyi o‘rtalariga qadar “Tottenhem” tarkibida atigi 17 uchrashuvda qatnashib (“shporlar” 41 uchrashuv o‘tkazgan), atigi 783 daqiqa harakat qildi, shu bilan birga shundan 50 foizdan ko‘prog‘i Yevropa Ligasi o‘yinlariga to‘g‘ri keldi. Premyer Ligada ham uelslik juda kam daqiqalarga ega bo‘layotgandi. Ko‘pchilik Garetning Angliya Kubogi doirasida o‘tkazilgan “Everton”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishini kutgandi, ammo u “Tottenhem”ning o‘yin uchun qaydnomasidan ham o‘rin olmadi. “Shporlar” bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘yindan so‘ng bunga quyidagicha izoh berdi:

    “Yakshanba kuni biz “Vest Bromvich”ga qarshi o‘ynadik va Garet butun o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Dushanba kuni men uning o‘zini noqulay his qilgani tufayli tekshiruvdan o‘tmoqchi ekanligini bilganimda juda hayron bo‘ldim. U dushanba kuni biz bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi, seshanba kuni qaytdi, ammo yana bir necha kun davomida shifokorlar bilan ishlashni xohlayotganini aytdi. Shuning uchun u bugun biz bilan birga bo‘lmadi. Beylning aniq jarohati yo‘q, ammo u o‘zini noqulay his qilmoqda va mashg‘ulot ritmiga ham ega emas”.

    Ammo Garet kutilmaganda “Tottenhem”ning so‘nggi o‘yinlarida faollashib qoldi. U Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi javob uchrashuvida “Volfsberg”, Angliya Premyer Ligasida (26-tur) esa “Byornli” darvozasini ishg‘ol (dubl) etdi va o‘zi haqida bildirilayotgan tanqidlarga javob qaytardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ammo jarohatlar bilan ovora bo‘lish super yulduzga aylanishi kutilgan futbolchining hayot tarziga aylanib ulgurdi. To‘g‘ri, har bir futbolchiga ham Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish va eng nufuzli musobaqa finalida 3 ta gol urish nasib etavermaydi, ammo Garet o‘zi loyiq bo‘lgan cho‘qqilarni zabt etmaganligi kundan kunga aniqlashib bormoqda. Quyida Garet Beylning butun faoliyatiga nazar tashlanadi va uning qay tarzda bu ahvolga tushib qolgani haqida hikoya qilinadi.

    “Sauthempton”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2006-yil 17-aprel kuni 16 yoshli Garet Beyl “Sauthempton” safida o‘zining katta futboldagi debyut o‘yinini o‘tkazadi. Yosh futbolchi Chempionship doirasida o‘tkazilgan “Milluoll”ga qarshi o‘yinda chap qanot himoyachisi sifatida 90 daqiqa harakat qiladi. Keyingi mavsumda esa Beyl “avliyolar”ning asosiy o‘yinchisiga aylanadi. Uelslik futbolchi Chempionshipning 38 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yadi.

    “Tottenhem”ga o‘tish

    “Sauthempton” chempionatda oltinchi o‘rinni egallaydi. Premyer Ligaga chiqish uchun pley-offning yarim final o‘yinida esa “Derbi Kaunti”ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qo‘yadi. Ammo bu Beylning “Tottenhem”ga (5 million funt evaziga) o‘tishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Garet yangi klubida ham birdaniga yorqin o‘yinlar ko‘rsata boshlaydi, ammo shu orada jarohat olib safdan chiqadi.

    Beyl jarohatidan tezda forig‘ bo‘ladi, ammo uning o‘z formasini tiklab olishi qiyin kechadi va “shporlar”ning asosiy tarkibiga kira olmaydi. Keyingi mavsum ham futbolchi uchun qiyinroq kechadi, chunki Beyl tizzasidagi operatsiya tufayli mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlari va chempionat startini o‘tkazib yuboradi. Uelslik futbolchi faqat yanvar oyiga kelibgina, muntazam ravishda o‘ynay boshlaydi. Chap qanot himoyasi va yarim himoyada o‘ynagan Beyl mavsum oxiriga kelib gol+pas tizimi bo‘yicha 8 ochko (3+5) qayd etadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    2010/11-yilgi birinchilik esa Garetning “Tottenhem”dagi dastlabki yorqin mavsumi bo‘ladi, chap qanot yarim himoyasiga o‘tgan futbolchi 11 ta gol uradi va 11 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Chempionlar Ligasidagi “Inter”ga qarshi o‘yindagi het-trikdan so‘ng unga kimsan “Real”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Joze Mourinyo qiziqayotgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ladi. Garetning braziliyalik jamoadoshi Eurelio Gomesh esa uni texnik tomondan vatandoshlari bilan taqqoslaydi:

    “Garetning o‘yinida Braziliya notalari bor. O‘ylashimcha, u shunchalik yaxshi o‘ynaydiki, Braziliya terma jamoasida ham o‘ynashi mumkin edi”.

    2011/12-yilgi mavsumda Beylning ko‘rsatkichlari ko‘tariladi, “Barsa” va “Real” skautlari uelslik futbolchini diqqat bilan kuzatishni boshlaydi va bunda kataloniyaliklarning imkoniyatlari yuqori baholanadi. Mavsum oxiriga kelib, Garetning o‘zi ham ispan grandlarining taklifidan faqat mamnun bo‘lishini tan oladi. Keyingi mavsum esa Garet uchun tom ma’noda eng omadlisi bo‘ladi, u Andre Villash-Boash boshchiligida o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etadi va “shporlar”ning yetakchisiga aylanadi. Buni uning 25 ta goli va 15 ta golli uzatmasi ham tasdiqlab turibdi. O‘sha paytda sobiq futbolchi Maykl Douson Garet haqida shunday degandi:

    “U o‘z imkoniyatlari bilan Ronaldu va Messiga tenglasha oladi. Garet dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biridir. Ehtimol, Beyl hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi ham mumkin. Beylning ba’zi aqlbovar qilmas harakatlari Krishtianuni ham qizartirib yuborishi mumkin”.

    “Real”ga o‘tish

    2013-yilning yozgi transferlar oynasidagi uzoq va qiyin muzokaralardan so‘ng Garet Beyl o‘sha paytdagi rekord summa — 101 million yevro evaziga “Real”ga ko‘chib o‘tadi. Uelslik futbolchi o‘ziga xalaqit bergan kichik jarohatlarni inobatga olmaganda, Madriddagi debyut mavsumini ancha muvaffaqiyatli o‘tkazadi. U o‘zining “qaymoqranglilar” safidagi dastlabki golini debyut uchrashuvidayoq uradi. 44 bellashuvda maydonga tushgan Garet mavsum so‘ngiga kelib, 22 ta gol va 19 ta assistni amalga oshiradi. Ispaniya Kubogi finalida “Barselona”, Chempionlar Ligasi hal qiluvchi o‘yinida esa “Atletiko” darvozasiga g‘alaba to‘plarini kiritadi. Jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Beyldan mamnun ekanligini va uning bundan ham yaxshiroq ishlashi mumkinligini ta’kidlaydi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Garet Beyl yangi mavsum boshlanishida oldin Krishtianu Ronalduning istehzoli tabassumiga sabab bo‘lgan bir fikrni bildiradi:

    “Joriy mavsumda men “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritmoqchiman, shuningdek, “Real” bilan barcha turnirlarda g‘olib chiqishni istagan bo‘lardim. Men “qirollik klubi” dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘lishini xohlayman”.

    2014/15-yilgi mavsumni Beyl jamoaning asosiy yulduzlaridan biri sifatida boshlaydi, ammo “Real” ushbu futbol yilida hech qanday sovrinsiz qoladi. Karlo Anchelotti esa o‘z vazifasidan ozod etiladi. Garet o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilay olmaydi va ko‘plab uchrashuvlarda jamoani orqaga tortayotgandek taassurot uyg‘otadi. Ispaniya matbuoti uelslikning Ramos va Ronaldu bilan yomon munosabatlarda ekanligi haqida yozayotgan bir paytda, klub rahbariyati unga katta umid bildirishda davom etadi. “Qaymoqranglilar” Rafael Benites boshchiligida mavsumning birinchi yarmini boy berib qo‘ygach, jamoa boshqaruviga Zidan keladi va Chempionlar Ligasidagi g‘alabani ta’minlaydi. Garet “matraschilar”ga (“Atletiko”) qarshi kechgan Chempionlar Ligasi final o‘yinida 120 daqiqa harakat qilib, Serxio Ramosga golli uzatmani amalga oshiradi va o‘yindan keyingi penaltini aniq ijro etadi.

    2016-yilning oktabr oyida Beyl Madrid klubi bilan shartnomasini 2022-yilgacha uzaytirgach, bir necha kundan so‘ng sonini jarohatlab oladi va 4 oyga safdan chiqadi. Aprel oyiga kelib esa Garet Madrid tarkibidagi 100-o‘yinini o‘tkazib, yubileyini ham navbatdagi jarohati bilan “nishonlaydi”. Chempionlar Ligasi finalida “Yuventus”ga qarshi bahsda Garet zaxirada qoladi va faqat 77-daqiqaga kelibgina maydonga tushadi. Va shunda ham Zidan unga ishonishda davom etadi: “Beyl maydonga tushganda “Real” yaxshiroq o‘ynay boshlaydi”, — degandi fransuz.

    2017/18-yilgi mavsum — Garet uchun faoliyatidagi so‘nggi muvaffaqiyatli yil bo‘ladi: barcha musobaqalarda 21 ta gol va 7 ta golli uzatma. Shuningdek, Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” darvozasini ajoyib tarzda ishg‘ol qiladi. Ammo Beyl shu mavsumning o‘zida sezilarli darajada pastga sho‘ng‘iydi. Zidan uning o‘rniga ko‘proq Isko va Asensioga ishonch bildiradi va mavsum oxirida undan qutulishni ko‘zlaydi. Ammo shu vaqtda Zidan va Ronaldu “qirollik klubi”ni tark etishi haqida e’lon qiladi. Shu tariqa Beyl Madridning asosiy yulduziga aylanib qoladi. Ammo “Real” singari u ham o‘sha mavsumda o‘ziga yuklatilgan vazifasini bajara olmaydi. Zidanning o‘rniga kelgan Xulen Lopetegi ishdan bo‘shatilgach, Santyago Solari boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi, ammo uning sarguzashtlari ham hech qancha davom etmaydi. Zidan o‘z vazifasiga qaytganidan keyin esa Garet uning rejalariga kirmasligini aniq qilib aytadi. Beyl maydonga chiqqanda esa muxlislar uni hushtaklar bilan kutib olardi. Beylning agenti Zidanni “uning ketishi hamma uchun yaxshi bo‘ladi” degan gaplari uchun unchalik yaxshi bo‘lmagan so‘zlar bilan “siylagandi”. Munosabatlar qayta tiklanmasligi aniq edi, ammo Garet baribir daromadli shartnoma bilan Madridda qolishga qaror qiladi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    2019/20-yilgi mavsumda Zidan Beylga ishonishga va’da berdi, ammo Garet bu yilda o‘zini to‘laligicha golfga bag‘ishladi. O‘ziga berilgan imkoniyatlardan esa umuman foydalanmadi — 20 ta o‘yin, bor-yo‘g‘i 3 ta gol va 2 ta golli uzatma. Ushbu mavsumda u ko‘proq zaxira o‘rindig‘idagi xurmacha qiliqlari bilan yodda qoldi. Bu “Oltin to‘p”ni yutmoqchi bo‘lgan 100 million yevrolik futbolchining “qirollik klubi”dagi natijalari edi.

    “Tottenhem”ga qaytish (ijara)

    Zidan bilan tamomila munosabatlari buzilgan va “Real”da begona bo‘lib qolgan Beylning Londonga qaytish orqali faoliyatini qayta tiklashi kutilgandi. Ammo bu yerda ham u umidlarning hech birini oqlamadi (so‘nggi 2 ta o‘yinni inobatga olmaganda, albatta). Jarohatlar yana pand bera boshladi, buning ustiga Beylning o‘zi ham tishini tishiga qo‘yib, taqdiri uchun kurashadigan inson emasligi ko‘rinib qoldi. Uning “Tottenhem”da o‘ynab ketishi ham so‘roq ostida turibdi, boisi Mourinyoning (ham) undan hafsalasi pir bo‘lgani aytilmoqda.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    02.03.2021, 23:21   Izoh (0)   15832
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rim imperatori”, Madrid himoya qo‘rg‘oni va “o‘zga sayyoralik”. Dunyoning eng sadoqatli futbolchilari haqida

    02.03.2021, 22:05

    O‘zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko hakamlik faoliyatini yakunladi

    02.03.2021, 18:02

    Ramzan Qodirov: “Hamzat Chimayev UFC’dan ketmaydi va oxirigacha kurashadi”

    02.03.2021, 17:01

    Lempard, Ronaldinyo, Kaka. XXI asrda eng ko‘p gol urgan yarim himoyachilar

    02.03.2021, 16:00

    “O‘sha kuni mast edim”. Paulo Kosta Israel Adesanyaga qarshi jangdan oldin spirtli ichimlik ichganini tan oldi

    02.03.2021, 15:03

    Vinisius Junior “Real” safidagi 100-o‘yinini o‘tkazdi. Faqat ikki futbolchi undan yoshroq vaqtida bu natijaga erishgan

    02.03.2021, 14:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.