Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda Dortmundning “Borussiya”si 2-mart, seshanba kuni Myonxengladbaxning “Borussiya”si bilan to‘qnash keldi.
Uchrashuv taqdirini yagona gol hal etdi. Unga esa Jeydon Sancho mualliflik qildi. 66-daqiqada qarshi hujumga o‘tgan “Borussiya D” futbolchilari yaxshi imkoniyat yaratib, Sanchoni birga-bir vaziyatga olib chiqdi va u bundan unumli foydalandi.
Shu tariqa “Borussiya D” safarda erishilgan g‘alaba evaziga musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
“Borussiya M”—“Borussiya D” uchrashuvi videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.
Germaniya Kubogi
Chorak final bahsi
2-mart, seshanba
“Borussiya M”—“Borussiya D” 0:1
Gol: 0:1 – 66 Sancho.
“Borussiya M”: Zippel, Elvedi, Bensebayni, Layner, Ginter, Shtindl (Volf, 76), Kramer (Zakariya, 76), Hofmann (Lazaro, 68), Noyxaus, Tyuram (Embolo, 76), Plea.
“Borussiya D”: Hits, Gerreyru (Shuls, 5), Morey, Hummels, Bellinghem (Zagadu, 90), Sancho (Azar, 68), Daud, Dileyni, Roys, Jan, Holand.
Ogohlantirishlar: Daud (29), Shtindl (32), Roys (50), Bensebayni (90), Hits (90).
Chetlatish: Daud (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)