Shimoliy Karolinada istiqomat qiladigan Eshli Teylor va uning turmush o‘rtog‘i soqchilikka Fred laqabli xo‘rozni yolladi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, urushqoq xo‘roz so‘ramasdan kelgan mehmonlarning kunini ko‘rsatadi. Teylorlar xususiy uyda yashagani sabab, Fred ushbu hududda bemalol “patrullik” qila oladi. Qo‘shnilar xo‘rozning soqchilik qilish odati bilan yaxshi tanish bo‘lsa, kuryerlarga buni qabul qilish oson bo‘lmaydi.
Buni quyidagi videoga muhrlangan kadrlardan ham bilsa bo‘ladi. Unda uyning eshigi oldida “posilka” qoldirmoqchi bo‘lgan kuryer xo‘roz bilan kelishmoqchi bo‘lgani, chalg‘itish uchun qo‘llarini yuqoriga ko‘targanini, bunga javoban Fred kuryerning orqasidan quvganini ko‘rish mumkin. Ushbu voqeadan keyin Teylorlar yetkazib berish xizmati xodimlaridan kechirim so‘ragan. Ammo videodagi kishini boshqa ko‘rishmagan.
Bu hali hammasi emas, Fred Teylorlar uyiga mashinada kelgan “pochtalyon”larni ham iliq kutib olmagan. Signal chalib uni haydamoqchi bo‘lishganini yoqtirmagan xo‘roz, mashinaning kapoti ustiga chiqib bu yerda kim xo‘jayin ekanligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan.