Fransiyaning Sharanta departamentida sud tomonidan rasman ertalab qichqirishga ruxsat berilgan Moris laqabli xo‘roz vafot etdi. Parranda olti yoshda bo‘lgan, deb yozadi France Blue.

Foto: France Blue

Ta’kidlanishicha, Moris o‘tkir rinitdan vafot etgan.

“Bu yuragimni parchalab yubordi. Biz yangi xo‘roz sotib oldik va uni ham Moris deb atadik. U ham yaxshi qichqiradi. Biroq u hech qachon bizning Morisimiz bo‘la olmaydi”, — deydi xo‘roz egasi Korin Fesso. Uning tan olishicha, xo‘roz may oyida o‘lgan, biroq u bu haqda endigina ma’lum qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin mahalliy aholi Morisni sudga bergan edi. Da’vo arizasida u erta tongda qichqirib, odamlarning uxlashiga xalaqit berayotgani qayd etilgandi.

2017-yilda Moris va uning bekasiga qarshi ikkita petitsiya tashkil qilinib, 155 ming kishi tomonidan imzolangan. 2019-yilning iyulida esa sud bo‘lib o‘tgan, biroq javobgarlarning hech biri unga kelmagan. 2019-yilning sentabrida esa Roshfor kommunasi sudi da’voni rad etib, Morisning qichqirishiga ruxsat bergan.