UzAuto Motors Lacetti’ning yangi Redline modelini ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya bo‘limi boshlig‘i Maqsud Abduhakimov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Loyihalarni boshqarish bo‘limi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, Lacetti Redline diskalari qoraytirilgan holda chiqariladi. Oynalarning tusi ham o‘zgartirilgan (“tonirovka”) bo‘ladi.
Mashina interyerida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Chexol zavoddan qo‘yiladi. Interyer ranglari ham qora va qizil (Redline) aralashmasida bo‘ladi.
Shuningdek, avtomobil zavod tomonidan kamera bilan jihozlangan. Orqaga harakatlanish vaqtida orqa kamera yoqiladi. Bar ham oldinroqqa chiqarilgan. Faralar ham yangicha uslubda ishlangan.
UzAuto Motors direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning aytishicha, ushbu xizmatlar uchun qo‘shimcha haq olinadi. Hozircha ushbu xizmatlarning qiymati aniq emas. Modellarni ishlab chiqarish 6 oydan so‘ng (avgustda) yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan avval O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti xaridi uchun shartnoma berish 3-martdan qayta tiklanishi, O‘zbekistonda Chevrolet Onix 9-12 ming dollar atrofida sotilishi kutilayotgani hamda O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)