• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sherzodxon Qudratxo‘janing rektor sifatida bunday fikr bildirishga ma’naviy haqi yo‘q” — “Ishonch” gazetasi bosh muharriri

    “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov “Chimyon — 2021” mediaforumida “Gazetaning ommaviyligi uning indeksi bo‘lishi xususida so‘zlab, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing gazetalarning yashab qolishi haqidagi fikrlaridan dili ranjiganini bildirdi. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyushmasining Farg‘ona viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mediaforumda so‘z bordi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Husan Ermatov.

    Husan Ermatov.
    Foto: Elyor Olimov

    Ma’lum bo‘lishicha, mediaforumga taklif qilingan “Ishonch” gazetasi bosh muharriri Husan Ermatov “Obuna. Gazetalarning ommaviyligi indeksi bo‘la oladimi? Gazeta elektron variantmi yoki mustaqil sayt?” mavzusida so‘z yuritgan.

    “Gazetachilik juda mashaqqatli kasb. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, talaba amaliyotchiga birgina gazeta korrekturasining o‘zi universitetning bir kursi bera olmagan ta’limni bera oladi. To‘g‘risi, Sherzodxon Qudratxo‘ja rektor sifatida ishni endigina boshlagan paytlarida men unga ‘Sizlar gazetani tushunmaysizlar, talabalarni amaliyot davrlarida gazetaga jo‘natinglar, ular tahririyatlarda bo‘lib, o‘sha muhitda tarbiyalanishsin, gazeta hididan bahramand bo‘lishsin, zero, jurnalistika bu havoyi kasb emas, u bir san’at’, deganman. Biroq taklifim haligacha o‘z natijasini ko‘rsatmagan”, — dedi u.

    Laylo Hayitova.

    Laylo Hayitova.
    Foto: Elyor Olimov

    “Daryo” muxbiri Husan Ermatovning Sherzodxon Qudratxo‘janing gazeta haqida bildirgan mulohazalari borasidagi qarashlari bilan qiziqdi.

    “Men Sherzodxon Qudratxo‘janing gazeta haqidagi fikrini yo‘lda kelayotganda o‘qib qoldim va juda xafa bo‘ldim. Sherzodxon bu fikrni press klub rahbari sifatida bildirgan bo‘lishi mumkin. Lekin uning rektor sifatida bunday fikr bildirishga ma’naviy haqi yo‘q. To‘g‘risi, buni uning o‘ziga ham bildirdim. Ma’lumki, mamlakatimizdagi 5 ta oliygohda jurnalistika fakultetlari bor. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti aynan jurnalistika sohasida birinchi raqamli ta’lim muassasasi. Bunda rektor har bir fakultetni tarozining teng pallasiga qo‘yishi muhim. To‘g‘ri, Sherzodxon zamonaviy jurnalistikaga chuqurroq kirib borish to‘g‘risida o‘ylayapti. Biroq hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, gazetachilik jurnalistikaning yuragi. Zero, gazeta ‘qozonida pishgan’ kadrgina jurnalistikaning boshqa yo‘nalishlarini ham qiyinchiliksiz torta oladi. Bugun qaysidir ijtimoiy tarmoqda yoxud televideniyeda faoliyat yuritayotgan yosh jurnalistga diktant yozdirib ko‘ring... Afsus, haqiqat shuki, jurnalistikada aksariyat holatlarda yaxshi maqola yozolmaydigan, kerak bo‘lsa, yaxshi ko‘rsatuv qila olmaydigan mutaxassislar tahsil olmoqda. Shu ma’noda istihola bilan qaramasligimiz kerak. Bu hammamizning dardimiz, biz istihola qilaverib, masalani ochiq qoldiraversak, ertaga gazetachilik sohasida hech kim qolmaydi”, — dedi Husan Ermatov.

    Foto: Elyor Olimov

    Husan Ermatov, shuningdek, majburiy obuna orqali gazetalarni xalqqa yomon ko‘rsatishga erishilgani haqida ham gapirgan.

    “Gazetachilik sohasini rivojlantirishda matbuot tarqatuvchi korxonalar tomonidan o‘z vaqtida nashrlarni manziliga yetkazib berilmayotgani ham bu sohaning rivojiga to‘siq bo‘lmoqda. Matbuot tarqatuvchi sho‘ba korxonalari va ayrim pochta bo‘limlarining tarqatuvchi xodimlari bilan suhbatlashganimizda, ular 200 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha maosh olishayotganini bildirdi. Ayting-chi, kim shu maoshga chekka-chekka manzillargacha gazeta tarqatadi?! Ular uchun yonib ketmaydimi buyog‘i?! Biz ular bilan gazetamizni manziligacha yetkazishi evaziga 600 ming so‘mdan 1 milliongacha maosh to‘lash bo‘yicha shartnoma tuzdik. Bu o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Nashrlar rahbarlariga shu masalada birlashish taklifini beraman”, — dedi jurnalist.

    Mavzuga doir: “Gazeta kerak, albatta. Qachonki, o‘quvchisi bo‘lsa. Majburiy obuna qilingan nashr baribir o‘qilmaydi” — Sherzodxon Qudratxo‘ja

    01.03.2021, 09:32   Izoh (0)   31362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda MFY raisi daraxtlarni noqonuniy kestirib, o‘simlik dunyosiga salkam 129 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi

    01.03.2021, 07:07

    “Zakovat” klubining Toshkent mintaqasi uchun intellektual kastingi — suratlarda

    01.03.2021, 00:03

    Shahrisabz hokimi OAV tanqididan so‘ng 20 ta ish o‘rni yaratmoqchi bo‘lgan tadbirkorga yer berdi

    28.02.2021, 23:58

    Namanganda noqonuniy ravishda dori ishlab chiqarayotgan yashirin korxona aniqlandi

    28.02.2021, 23:16

    Samarqandda bitiruvchilari OTMga kirmagan 45 nafar maktab direktori ishdan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

    28.02.2021, 22:57

    Namangandagi Prezident tanqid qilgan mahallada ikkita kichik sanoat zonasi tashkil etildi

    28.02.2021, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.