Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

LG kompaniyasi zarurat tug‘ilganida ixcham taglikka to‘liq “yashirinadigan”, kichik oynaga ega televizorini patentladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: LetsGoDigital

Foto: LetsGoDigital

LG odatdagi yupqa panellar g‘oyasidan chekinib, televizorlar shakli va konstruksiyasi ustidagi tajribalarini davom ettirmoqda. Kompaniya avvalroq ekrani ixcham qutiga joylashadigan o‘zining birinchi “rulon-televizori”ni taqdim etgandi. Aftidan, kompaniyaga ushbu g‘oya yoqqan ko‘rinadi.

Mazkur g‘oyani rivojlantirishning keyingi bosqichidan kichik oynaga ega o‘raladigan ekran o‘rin olgan. Ushbu oynada displeyning vaqt, ob-havo va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar namoyish etiladigan qismi joylashadi. LG hozirda konstruksiyani patentlagan, shu sababli bu kabi televizorlar tez orada sotuvda paydo bo‘lib qolishi mumkin.

Foto: LetsGoDigital

Foto: LetsGoDigital

Asosiy g‘oya o‘zgarishsiz qolmoqda — naysimon shaklda o‘raladigan matritsali televizor. Ushbu ekran tom ma’noda korpusdan chiqib keladi, yig‘ilgan holatda esa uydagi dekorativ element vazifasini bajaradi.

Ta’kidlanishicha, bu turdagi televizorlar sotuvga chiqsa, cheklangan miqdorda bo‘ladi va juda qimmat turadi. LG’ning oddiy “rulon-televizori” Janubiy Koreyada 88 ming dollar qiymatida sotuvga chiqqan edi. CES 2021 ko‘rgazmasida esa kompaniya uning shaffof ekranga ega modifikatsiya qilingan versiyasini namoyish etgandi, biroq hozircha u sotuvda yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)