Daryo

Xiaomi dunyodagi birinchi shaffof televizorni taqdim etdi

Televizor 16-avgust kuni Xitoyda sotuvga chiqariladi

1 daqiqa o‘qish54 948 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Korrespondent.net”

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi TV LUX OLED Transparent Edition birinchi shaffof televizorni taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “gsmarena.com”

Televizor 55 dyuymli displeyga ega va narxi, taxminan, 7,2 ming dollarni tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchilar televizorning texnik ta’minotini yumaloq asosga yashirgan.

Foto: “gsmarena.com”

Yangi displey qalinligi atigi 5,7 millimetrni tashkil etadi. Media Tek 9650 protsessor sifatida o‘rnatilgan bo‘lib, u maxsus Xiaomi uchun ishlab chiqarilgan. O‘chirilgan holatida televizor ekrani mutlaqo shaffofligidan oddiy oynaga o‘xshaydi.

Foto: “gsmarena.com”

Ta’kidlanishicha, bu qurilma rasmiy ravishda birinchi shaffof televizor emas, bundan avval Panasonic, LG va Samsung o‘zlarining konseptlarini taqdim etgan va ular loyihaligicha qolib ketgan.

Xiaomi’dan yangi televizorni istalgan kishi sotib olishi mumkin. Televizor 16-avgust kuni Xitoyda sotuvga chiqariladi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar