• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Baydenning Yaqin Sharq siyosati, Xitoy va Rossiyaga suyanayotgan Lotin Amerikasi, AQSh—Xitoy munosabatlari. Jahon matbuoti sharhi

    Bayden ma’muriyatining Yaqin Sharqdagi siyosati qanday bo‘ladi? Nega Lotin Amerikasi mamlakatlari Rossiya va Xitoy yordamiga ko‘z tikmoqda? AQSh—Xitoy munosabatlari qay yo‘sinda ketadi? Bularning barchasi haqida an’anaviy jahon matbuoti sharhi ruknida o‘qishingiz mumkin.

    Bayden hukumati Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechadimi?

    Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan buyon bir oy vaqt o‘tdi, ammo yangi hukumat Yaqin Sharq borasida biror bir jiddiy qadamni tashlaganiga guvoh bo‘lmadik, deb yozadi The Politico nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shu vaqt oralig‘ida rasmiy Vashington Isroil davlat rahbari Binyamin Netanyaxu bilan atigi 1 martagina telefon orqali bog‘landi. Bunga qadar Bayden ma’muriyati Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan telefon orqali bog‘landi. Qolaversa, Vashington Saudiya Arabistonining Yamandagi siyosatini moliyalashtirishdan to‘xtashini ham ma’lum qildi. Hattoki, Bayden hukumati shimoliy Iroqdagi ittifoqchi kuchlariga raketa zarbalari berilganidan keyin ham sukut saqlamoqda.

    Jo Bayden AQSh hukumati tepasiga koronavirusga qarshi sezilarli ishlar olib borish, iqtisodiyotni tiklash, iqlim borasidagi AQSh siyosatini qayta ko‘rib chiqish va texnologik kompaniyalarning AQSh jamiyatidagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqish va’dalariga asosan hukumat tepasiga keldi. Baydenning siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Bayden oldidagi asosiy masala Osiyo-Tinch okeani, Yevropa Ittifoqi va G‘arbiy yarim shar mamlakatlaridagi vaziyatni muhim deb hisoblagan holda, Isroilga urg‘u bermadi.

    Energetika borasidagi taraqqiyot va zaxiralardan foydalanish Yaqin Sharq mintaqasining dolzarbligi masalasiga kam ahamiyat berishni taqozo qilmoqda. Shuningdek, AQSh brogan sari Fors ko‘rfazidagi muammolar girdobida qolib ketayotganligi Bayden hukumatiga yoqmaydigan jihat. Bayden senatorligi paytida 1991-yilda ham Iroqqa qarshi urush ochishni yoqlamagan kam sonli parlament vakillaridan biri edi. 2003-yilda ham Jo Bayden prezident Jorj Bushni Iroqqa bostirib kirishini yoqlamaydigan AQSh senatining yuqori martabali siyosatchisi sifatida taniladi. Ammo amalda barcha voqealar Baydenning istaklariga zid tarzda rivojlandi.

    2007-yilda Bayden Iroqdagi vaziyatni tizginga olish maqsadida mamlakatni shialar, sunniylar va kurdlar boshqaruvi ostidagi uch muxtorviloyatga bo‘lishni taklif qiladi. Uning bu taklifini siyosatchilar ham, jurnalistlar ham rosa tanqid qilishdi. Sababi Baydenning taklifi Iroqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtirib yuborishi edi.

    Vashington va Yaqin Sharq o‘rtasidagi diplomatiya, Afg‘onistondagi beqarorlik, Suriyadagi fuqarolik urushi va IShID terrorchi guruhlarining ta’siri ortishi borasidagi siyosatdan bezgan Bayden 2014-yilda bu voqealarning barcha aybdorlari sifatida ittifoqchilarini ham ayblab chiqadi. Bayden Garvard universiteti talabalari oldida qilgan ma’ruzasida “saudiyaliklar, amirliklar, turklar Assad rejimini ag‘darish maqsadida millionlab dollarlarini ayamadilar, ma’lum guruhlarni qurollantirdilar, evaziga nimaga erishdilar”, deya amalga oshirilgan ishlarni tanqid qilgan va keyinchalik yetarli ma’lumotga ega bo‘lmaganligi sababli jamoatchilik oldida uzr so‘rashga ham majbur bo‘lgandi. Hozirda Bayden oldida o‘tgan o‘n yillikdagi voqealarga baho berish imkoniyati tug‘ildi. Bu esa uning siyosatini ham belgilashga asos bo‘ladi.

    Baydenning yangi ma’muriyati Yaqin Sharqdagi mojarolarga aralashishdan bir oz tiyilib, Hind va Tinch okeani mintaqasidagi siyosiy vaziyatga ko‘proq urg‘u bermoqchi. Met Dussonning AQSh davlat departamentiga olib kelinishi esa bu boradagi gap so‘zlar ishonchli zaminga egaligidan dalolat. Shunday bo‘lsada, ayrim siyosatchilar bunday fikrlarning urchishi asossiz ekanligini, Yaqin Sharq AQSh uchun muhim bo‘lib qolishiga ishontirmoqda.

    Donald Trampning Eron bilan erishilgan yadroviy kelishuvdan chiqish haqidagi qarorini qanday bekor qilish hozirda Bayden hukumati oldidagi og‘riqli masalalardan biridir. Masalani hal qilish uchun Bayden mart oyida Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Germaniya va Rossiya bilan birgalikda Eron xususida uchrashuv o‘tkazmoqchi.  Voqealar qanday rivojlanadi yaqin haftalar ichida bilib olamiz.

    Rossiya va Xitoydan yordam kutayotgan Lotin Amerikasi

    Butun Lotin Amerikasi mamlakatlari pandemiyaga qarshi kurashish uchun o‘z nigohlarini Xitoy va Rossiyaga qaratgan, deya yozadi The Wall Street Journal nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Lotin Amerikasi mamlakatlari AQShdan yordam olishni emas aynan AQShning raqiblariga murojaat qilayotgani qiziq. Muammoni esa G‘arbning vaksinalari yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotgani-yu vaksinalar borasidagi bo‘shliqni Rossiya va Xitoy kompanaiyalari to‘ldirishga urinayotgani bilan izohlash mumkin.

    Argentina va Boliviyada hukumat o‘z aholisini allaqachon ruslarning “Sputnik-V” vaksinasi bilan emlashni boshlab yubordi. Meksika ham tez orada Argentina va Boliviya safiga qo‘shiladi. Chili hukumati esa shu oyda Xitoyning “Sinovak” kompaniyasi vaksinasidan 4 million doza olishga erishdi. Peruliklar esa Xitoy vaksinasi Limaga kelib qo‘nganida, hattoki, bayram ham uyushtirdi.

    Braziliya prezidenti Jair Bolsanaro dastlab xitoy vaksinasi haqida salbiy fikrlar bildirgan bo‘lsada, keyinroq Xitoy vaksinasi mamlakatda yuzaga kelgan murakkab pandemiya vaziyatini jilovlashga yordam berishi haqida o‘ylay boshladi. Braziliya esa AQShdan keyin koronavirus tufayli eng ko‘p qurbon bergan mamlakatlardan biri sifatida qolmoqda.

    Amerikalik siyosiy tahlilchi Margaret Mayers nazarida vaksina borasidagi kelishuv Braziliya va Xitoyni ancha jipslashtira oladigan siyosatga zamin bo‘lishi mumkin. Buni Jair Bolsanaro hukumati ham yaxshi anglab turibdi.

    AQSh davlat kotibining sobiq maslahatchisi Tomas Shenno nazarida rus vaksinasining Lotin Amerikasiga kirib kelishi rasmiy Moskva va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldirishga imkon beradi. Qolaversa, Xitoy va Rossiya vaksina diplomatiyasi tufayli 650 million aholi istiqomat qiladigan Lotin Amerikasiga kirib borishi uchun o‘ziga xos ko‘prik vazifasini ham bajaradi. Koronavirus mutatsiyaga uchrashi natijasida u mintaqada kelajakda eng ishonchli vaksinaga nisbatan ehtiyojni paydo qilishi tabiiy ekan, bu Xitoy va Rossiyani mintaqada yanada qat’iyroq o‘rnashib olishiga imkon yaratadi. Natijada, Xitoy Lotin Amerikasidagi neft manbalariga egalikni qo‘lga kiritadi, Rossiya esa diplomatik va iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlashga erishadi.

    Peterson jahon iqtisodiyoti instituti tahlilchisi Monika de Bolle nazarida xitoyliklar va ruslar o‘z vaksinalari hisobiga AQSh va Yevropa Ittifoqining Lotin Amerikasidagi manfaatlariga ziyon yetkazadi. Rossiya azaldan, Sovet davridan beri Lotin Amerikasidagi Kuba, Venesuela va Boliviya kabi mamlakatlariga o‘z ko‘magini va himoyasini berib keladi. Rossiya, hattoki, bu mamlakatlarda energetika borasida ham o‘zaro manfaatli aloqalarga doir loyihalarni amalga oshirish borasida yangi kelishuvlarga erishdi. Argentina bilan esa atom energetikasini rivojlantirish borasida shartnoma imzoladi. Bu esa Lotin Amerikasi Rossiya uchun muhim siyosiy mintaqa ekanligidan dalolat.

    Xitoy hukumati tashqi ishlar vazirligi rasmiylari esa Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari bilan mustahkamlanib borayotganini ma’lum qildi va pandemiyaga qarshi kurashda yordam berishini ma’lum qildi. Xitoy Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga vaksina borasida yordam berajagini ta’kidlar ekan, bundan hech qanday geosiyosiy maqsadni ko‘zlamayotganligini iddao qilayotgan bo‘lsada, g‘arblik siyosatchilar bunday iddaolarga ishonmay kelmoqda.

    Pfizer va Moderna vaksinalari boy rivojlangan davlatlar tarafidan ko‘p miqdorda sotib olinar ekan, qashshoq va rivojlanayotgan davlatlar xitoy va rus vaksinasidan umidvor. G‘arb vaksinalari yangi texnologiyalar asosida inson immun tizimini himoya qilishga qaratilgani holda rus va xitoy vaksinalari an’anaviy texnologiyalar asosida insonda immun tizimini himoyalanishga majbur qila olishi bilan ham farq qiladi. Xitoy esa o‘z vaksina ishlab chiqarish texnologiyalarini boshqa mamlakatlar bilan baham ko‘rmoqda. Sababi, rivojlanayotgan mamlakatlarda g‘arb vaksinalarini ishlab chiqarish uchun hech ham imkoniyat yo‘q. Shu sababli ham Buenos Ayres, Rio de Janeyro, San Paolodagi farm kompaniyalar rus va xitoy texnologiyasi asosida vaksinalar ishlab chiqarishga umid bog‘lagan. Shunday bo‘lsada, lotin amerikaliklarning rus va xitoy vaksinalariga bo‘lgan ishonchi nihoyatda past bo‘lgan holatda, g‘arb vaksinasi bilan emlanishni istagan lotin amerikaliklar 74 foizni tashkil qilmoqda. Shunday ekan, Lotin Amerikasi mamlakatlari ayni paytda ijtimoiy so‘rov natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar o‘z umidlarini rus va xitoy vaksinasiga tikmoqda.

    AQSh Xitoy bilan hamkorlik qilishi kerakmi? 

    Ayrim amerikalik konservativ fikrdagi siyosatchilar nazarida, hamkorlik bu qo‘rqoqlik qilishni anglatmaydi, deb yozadi The Project Syndicate nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh va Xitoy hamkorlik qiladigan bo‘lsa, u har ikki tarafga ham tinchlik, yangi bozorlar, taraqqiy etayotgan texnologiyalar, yangi nizolarni oldini olish, pandemiyaga qarshi samarali kurashish, turg‘un ahvolga kelib qolgan ishchi kuchi bozoridagi vaziyatni o‘nglash va iqlim o‘zgarishlariga qarshi samarali siyosat yuritish imkonini beradi.

    Amerikaning tashqi siyosati Ikkinchi Jahon urushidan beri o‘zgarmay kelmoqda. Ayniqsa 2001-yil sentabr voqealaridan so‘ng bu tashqi siyosat “siz AQSh bilansiz yoki AQShga qarshisiz” tamoyiliga aylandi. Amerika yetakchi va uning ittifoqchilari unga ergashishi kerak degan tamoyil ustun bo‘ldi. Ammo tashqi siyosatga bunday burchakdan qarash eskirdi. AQSh ham hozirda ilgarigidek yetakchi maqomda emas, uning ittifoqchilari ham AQShning ortidan ergashayotgani yo‘q. Shunday ekan, Xitoy bilan hamkorlik nizolashishdan ko‘ra ko‘proq manfaat olib kelishi mumkin.

    AQShning sobiq prezidenti tashqi siyosatning hajv qilinadigan nishoniga aylandi. U o‘z hamkorlarini o‘ziga ergashtirish uchun ularga nisbatan iqtisodiy bosim o‘tkazdi, xalqaro anjumanlarda ularni haqoratladi va ko‘p tomonlama hamkorlik qoidalari asoslangan siyosatga bolta urdi. O‘z navbatida AQShning o‘zida ham Trampning jilovini tortib qo‘yadigan pishanglar ham yetarli darajada yaxshi ishlamadi. Trampning Xitoyga qarshi e’lon qilgan savdo urushi, Eron va Venesuela borasidagi siyosati yetarlicha salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi.

    Trampning tashqi siyosatiga taqqoslaganda, Baydenning tashqi siyosati amerikaliklarga xudoning yuborgan marhamati desa ham bo‘ladi. Bayden hukumat tepasiga kelgan davrdan boshlab zudlik bilan Parij iqlim kelishuviga qo‘shildi, Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotiga a’zo bo‘ldi va Eron bilan2015-yilda imzolangan yadroviy kelishuvni qayta tiklash borasidagi harakatlarni boshlab yubordi. Baydenning Myunxen xavfsizlik kengashiga murojaati esa ittifoqchilar bilan aloqalarni tiklashga urinish borasida iliq tasavvurlarni uyg‘otmoqda.

    Ayrimlar AQSh jahon yetakchisi sifatida xalqaro maydonga qaytmoqda, degan fikrlarni aytmoqda. AQSh esa ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish, koronavirusga qarshi birgalikda harakat qilish va iqlim o‘zgarishlari borasidagi vaziyatni izniga solish uchun qaytmoqda. Bu qaytish Tramp siyosati qoldirgan jahon iqtisodiyoti, siyosatidagi jarohatlarni davolash va Bayden uchun ovoz bergan amerikaliklarning ishonchlariga sazovor bo‘lish uchun qilinmoqda. Trampning iqrchilik siyosati AQSh jamiyatida nimalarni keltirib chiqarganidan xulosa yasash uchun Bayden noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozondi.

    Shuningdek, AQSh tarafi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan aloqalari XXI asrda ham XX asrda qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday qolishi munosabatlarning asosini tashkil qilishi kerakligini urg‘uladi. Ammo ko‘pchilik Baydenning “barcha birgalikda umumiy maqsad sari intilishi kerak”ligi haqidagi fikriga e’tiroz bildirsada, bu dunyo jamoatchiligida ijobiy tasavvur uyg‘otdi.

    Nihoyat, Bayden nazarida bugungi jamiyat demokratiya va avtokratiyaning qarama qarshiligiga duch kelmoqda. Bayden nazarida hozirda butun dunyo avtokratik hukumatlarning qutqulariga berilgan holda demokratiya ham jamiyatda kerakligini tushunib yetmoqda. Avtokratiya rejimidagi hukumatlar esa demokratik kuchlarga qarshi chiqar ekan, demokratiya tarafdorlari avtokratiyaning da’volariga qarshi tura olishi kerakligi muhim ekanligini ta’kidladi. AQSh Xitoy bilan ham mafkuraviy, ham iqtisodiy jangga kirar ekan, bu notog‘ri ekanligini, Xitoyning maqsadi na avtokratiya demokratiyadan ustunligini, na xioycha tizim AQShdagi mafkuraga zarba berishga intilayotganligini urg‘uladi. Bu esa Xitoy tarafi uchun berilgan yaxshi signaldir. Hamkorlik istiqbollari esa yaqin to‘rt yil ichida qanday bo‘lishini kelajakdagi voqealar ko‘rsatadi.

    27.02.2021, 14:32   Izoh (0)   67680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Saudiya shahzodasini jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda

    27.02.2021, 11:32

    Vyetnamda “Sputnik V” vaksinasidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat berildi

    27.02.2021, 10:10

    Lukashenko hokimiyatni o‘g‘illariga topshirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

    26.02.2021, 18:46

    Olimlar Atlantika okeanidagi iliq dengiz oqimi tezligining rekord darajada pasayganini aniqladi

    26.02.2021, 17:35

    Pandemiyaga qaramay 2020-yilda dunyoda mudofaa xarajatlari o‘sdi

    26.02.2021, 17:23

    Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshladi

    26.02.2021, 16:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.