• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh Saudiya shahzodasini jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda

    AQSh Milliy razvedka boshlig‘i idorasi jurnalist Jamol Qoshiqchining 2018-yilning 2-oktabrida Istanbulda o‘ldirilishi to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi va jurnalistni qo‘lga olish yoki o‘ldirish bo‘yicha operatsiyani Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning shaxsan o‘zi ma’qullaganini ta’kidladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Razvedka birlashmasining fikricha, shahzodaning mamlakatda qaror qabul qilish ustidan nazorat darajasi shu qadar balandki, qotillik uning roziligisiz amalga oshmasligi mumkin edi.

    “Valiahd shahzoda Qoshiqchini qirollikka tahdid sifatida ko‘rgan va uni ‘tinchitish’ uchun zo‘ravonlik choralarini qo‘llab-quvvatlagan”, — deyiladi hisobotda.

    Hisobotda Saudiya Arabistoni rasmiylari ushbu operatsiyani oldindan rejalashtirgani va Qo‘shma Shtatlar Qoshiqchini o‘ldirishda “o‘ta aniqlikda” gumon qilinayotgan 21 kishining ro‘yxati keltirilgan. Shu bilan birga, razvedka ushbu shaxslarni operatsiya nima bilan tugashini oldindan bilgan, deb da’vo qila olmaydi.

    “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Razvedka hisoboti e’lon qilingandan so‘ng, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken “Qoshiqchi taqiqi” nomli sanksiyalar joriy etilganini e’lon qilingan. Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonining 76 nafar fuqarosiga jurnalist Jamol Qoshiqchining qotilligi yuzasidan viza cheklovlari belgilanadi.

    “Men ‘Qoshiqchi taqiqi’ nomi bilan yangi viza cheklovlarini e‘lon qilaman… Bu chet el hukumatlari nomidan ish yuritib, oppozitsionlarga qarshi shu jumladan, jurnalistlar, faollar yoki faoliyatiga asoslanib oppozitsion deb hisoblangan boshqa shaxslarni yo‘q qilish, ta’qib qilish, kuzatish, tahdid qilish yoki ularga zarar yetkazish kabi ekstritorial harakatlarda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan viza cheklovlarini joriy etishga imkon beradi”,— dedi davlat kotibi.

    “Davlat departamenti, avvalo, ‘Qoshiqchi taqiqi’ga binoan choralar ko‘rdi va 76 nafar Saudiya Arabistoni fuqarosiga viza cheklovlarini kiritdi, ular bizning fikrimizcha, nafaqat Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqador bo‘lgan, balki chet eldagi boshqa oppozitsionlarga tahdid qilgan”, — qo‘shimcha qildi Blinken.

    Eslatib o‘tamiz, Jamol Qoshiqchi The Washington Post jurnalisti bo‘lgan va o‘z maqolalarida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilgan. U 2018-yilning oktabr oyida Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasida boshi tanasidan judo qilinib o‘ldirilgan. Uning jasadi hozirgacha topilmagan.

    Turkiya hukumati, AQSh Senati va Markaziy razvedka boshqarmasi jurnalistni o‘ldirish haqidagi buyruqni Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon berganligini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni hukumati esa jurnalistning o‘limini kuch tuzilmalarining shaxsiy tashabbusi deb atagan.

    Jinoyatda gumonlanganlar Saudiya Arabistoni sudiga topshirilgan. 2019-yilning dekabr oyida ularning besh nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana uch nafariga tayinlangan qamoq jazosining umumiy muddati 24 yilni tashkil etgan.

    2020-yilning sentabrida besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosi jurnalistning o‘g‘illari so‘roviga asosan qamoq jazosiga almashtirilgan. 2020-yilning may oyida jurnalistning o‘g‘illari otasining o‘limida aybdor bo‘lganlarni kechirishini ma’lum qilgan. Biroq jurnalistning do‘sti Qoshiqchining o‘g‘illari aybdorlarni kechirish haqida o‘z ixtiyori bilan ma’lum qilganiga shubha bildirgan.

    Mavzuga doir:

    • Eronda muxolif jurnalist Ruhollah Zam qatl etildi
    • Saudiya Arabistonida qamoqxonadagi jurnalist qiynab o‘ldirildi
    • Meksikalik jurnalist ko‘chada urib o‘ldirildi

    27.02.2021, 11:32   Izoh (0)   17408
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vyetnamda “Sputnik V” vaksinasidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat berildi

    27.02.2021, 10:10

    Lukashenko hokimiyatni o‘g‘illariga topshirishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

    26.02.2021, 18:46

    Olimlar Atlantika okeanidagi iliq dengiz oqimi tezligining rekord darajada pasayganini aniqladi

    26.02.2021, 17:35

    Pandemiyaga qaramay 2020-yilda dunyoda mudofaa xarajatlari o‘sdi

    26.02.2021, 17:23

    Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da xalqaro aeroport qurishni boshladi

    26.02.2021, 16:46

    AQSh FQB prezident sayloviga aralashishda ayblanayotgan rossiyalik haqidagi ma’lumot uchun 250 ming dollar mukofot va’da qildi

    26.02.2021, 16:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.