“Real” Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki bahsi doirasida 24-fevral kuni “Atalanta”ga qarshi bahs olib bordi (1:0).
Uchrashuvning 17-daqiqasida bergamoliklar yarim himoyachisi Remo Froyler darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan raqibni to‘xtatib qolgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa Chempionlar Ligasi tarixida “Real” ishtirokidagi pley-off o‘yinlarida madridliklarning raqiblariga ko‘rsatilgan qizil kartochkalar soni 15 taga yetdi.
Bu musobaqa rekordining takrorlanishi demakdir. Undan avval “Barselona” ushbu natijani qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)