Instagram’da kiyimlarni dazmol yordamisiz tekislash usulini o‘ylab topgan ayol mashhurlikka erishdi.

Foto: Instagram / @ShantelMila

Shantel Mila ismli foydalanuvchi kiyimlarni tekislashga yordam beradigan vositani qanday tayyorlash lozimligi tasvirlangan video bilan bo‘lishdi. Ta’kidlanishicha, layfxak uchun ikki stakan suv, bir choy qochiq soch kremi va yana shuncha sirka kerak bo‘ladi. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, barchasini aralashtirish va tayyor bo‘lgan aralashmani bo‘sh idishga quyish lozim.

E’lon qilingan videoda Mila o‘z aralashmasini g‘ijimlangan ko‘ylakka sepib, uni dorda besh daqiqaga qoldirgani tasvirlangan. Video oxirida esa tekis ko‘ylak namoyish etilgan. “Dazmolingizni tashlab yuboring”, — deb yozadi u post ostiga.

Blogerning mazkur videosi 2,7 mingdan ortiq layk to‘plagan. Foydalanuvchilar taklif etilgan yangi usul uchun unga minnatdorchilik bildirmoqda.