Ko‘pchilik ayollar uchun kiyimlarni dazmol qilish eng qiyin ishlardan biri hisoblanadi. Bu maqolamizda sizga erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqa ichida benuqson dazmollash haqida aytmoqchimiz.

Foto: “Legkopolezno.ru”

Foto: “Legkopolezno.ru”

Suvni ayamang

Kiyim nam bo‘lsa dazmollash jarayonini ancha osonlashtiradi. Dazmollash paytida dazmolni bug‘ rejimiga qo‘yish esingizdan chiqmasin.

Qismlarga bo‘ling

Dazmollashni quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qilamiz

1. Yelka qismi

O‘ng tomonini taxta burchagiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Chap tomoniga ham xuddi shu usulni takrorlang.

2. Yoqa

Yuza tomonini pastga qilib taxta ustiga qo‘ying va dazmollang.

3. Old qismining o‘ng tomoni 

Taxta burchagini ko‘ylakning yelka ichiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Dazmolni tugmalar ustidan emas, tugmalar orasiga qo‘ying.

4. Orqa tomoni

O‘ng tomonini taxtadan osiltiring va orqa tomonini dazmollang.

5. Old qismining chap tomoni 

Old qismining chap tomoni ham xuddi o‘ng tomoni kabi dazmollanadi.

6. Yeng

Taxta ustiga bir yengini qo‘ying va qo‘lingiz bilan yaxshilab to‘g‘rilang, keyin dazmollang. Yeng manjetlari ham xuddi yoqa kabi ichkaridan dazmollanadi.

Manba: Men’s Health