So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +7°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Olimlar COVID-19 tufayli insoniyatning 20,5 million yillik umri bevaqt tugaganini aniqladi

    21.02.2021, 07:50 24360

    Koronavirus pandemiyasi tufayli 81 ta davlatda 20,5 million yildan ortiq umr bevaqt tugadi. Bu haqda kasallik qurbonlari infeksiyani yuqtirmagan taqdirda ham, vafot etardi, degan da’volar noto‘g‘riligini isbotlash uchun o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, The Guardian xabar berdi.

    Braziliyadagi koronavirus qurbonlarining ramziy qabrlari

    Braziliyadagi koronavirus qurbonlarining ramziy qabrlari
    Foto: Getty Images

    Nashrning ta’kidlashicha, har yili ko‘plab keksalar va sog‘lig‘idagi boshqa muammolardan aziyat chekadigan odamlarning o‘limiga sabab bo‘luvchi gripp qurbonlari bilan taqqoslaganda, koronavirusdan o‘lish aksariyat hollarda unchalik e’tiborni tortmaydi. Ammo yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 grippga nisbatan ko‘proq zarar keltiradi. Pandemiyadan katta talafot ko‘rgan mamlakatlarda koronavirus tufayli yo‘qotilgan hayot yillari mavsumiy gripp olib keladigan o‘limlar sonidan 2-9 baravar ko‘p.

    Umrning bevaqt tugashi — bu odamning vafot etgan paytidagi yoshi va mamlakatda taxmin qilingan umr ko‘rish davomiyligi o‘rtasidagi farqqa nisbatan olinadi. Erkaklarda ayollarga qaraganda yo‘qotilgan umr yillari 44 foizga yuqoriroq.

    Keksalarning vafot etish xavfi baland bo‘lishiga qaramay, boy mamlakatlarda COVID-19 qurbonlarining eng katta ko‘rsatkichi 55-75 yoshlilar guruhiga to‘g‘ri kelgan.

    Scientific Reports ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflari o‘lim ko‘rsatkichini hisoblash koronavirusning ta’siri to‘g‘risida noto‘g‘ri taassurot uyg‘otishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

    “Ba’zi siyosiy reaksiyalar COVID-19 asosan pandemiya sharoitida uzoq yasholmaydiganlarning umriga nuqta qo‘ydi, degan dalillar bilan izohlandi. Biz bunday mazmundagi tanqidlarga javob qaytara oladigan asos berishni xohladik ”, — deya tushuntirishdi Pompeu Fabra universiteti Salomatlik va iqtisodiyotni o‘rganish markazi vakili Gektor Pifarre Arolas.

    Uning tadqiqotchi guruhi Buyuk Britaniyada pandemiya sababli 833 874 yillik hayot yo‘qotilganini aniqladi. Infeksiyadan vafot etgan har bir britaniyalik o‘rtacha yana 11,4 yil yashashi mumkin edi (erkaklar uchun 11,5 yil va ayollar uchun 10,8 yil). Ispaniyada pandemiya 572,567 yillik umrning bevaqt tugashiga sabab bo‘lgan, har bir kishiga o‘rtacha 11,24 yil to‘g‘ri keladi. Peruda COVID-19 764,856 yillik hayotning yo‘qotilishiga olib keldi (har bir kishiga o‘rtacha 20,2 yil).

    Tadqiqotchilar, shuningdek, erta o‘limga sabab bo‘ladigan yurak-qon tomir kasalliklarini ham ko‘rib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday kasalliklar COVID-19 ga qaraganda ko‘proq hayot yillarining tugashiga sabab bo‘ladi. Biroq, mamlakatlarda o‘lim sonining umumiy o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan) yurak-qon tomir kasalliklari qurbonlarining ortishini ham o‘z ortiga berkitgan.

    Topilmalarida olimlar dunyoning 81 mamlakatida 1 279 866 dan ortiq o‘limni va ularning har birida umr ko‘rish davomiyligi haqidagi ma’lumotlarni hisoblab chiqdi. Umuman olganda, olimlarning hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, koronavirus ushbu 81 ta mamlakatda 20 507 518 yillik hayotning yo‘qotilishiga olib kelgan. Har bir qurbon o‘rtacha 16 yil umrini bevaqt yo‘qotgan.

    Mavzuga doir:

    • Olimlar koronavirus sakkiz baravar xavfliroq bo‘lganini ma’lum qildi
    • JSST eksperti COVID-19’ning uchinchi to‘lqini qanday sharoitda yuzaga kelishini ma’lum qildi
    • Olimlar koronavirusning yangi shtammlari tufayli COVID-19’ga qarshi vaksinalar “eskirishi” mumkinligini ma’lum qildi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qish iliq kelishi deganda qanday ob-havo tushuniladi? Mutaxassis javob berdi

    Bugun, 14:24

    “O‘zgidromet” 11-dekabr kuni qaysi hududlarda qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi

    Bugun, 12:52

    O‘zbekistonda pensiyani to‘xtatib turish uchun onlayn murojaat qilish tartibi joriy etildi

    Bugun, 12:40

    O‘zbekiston va Hindiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilmoqchi

    Bugun, 12:06

    Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bolalar o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi siroplar topilganiga munosabat bildirdi

    Bugun, 10:48

    Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

    Bugun, 09:34

    Rossiya gigant sovuq antisiklon taʼsirida, Qozog‘iston shimolida -35°C sovuq. Bu O‘zbekistonga qanday taʼsir qilishi yuzasidan iqlimshunos tushuntirish berdi

    Bugun, 08:15

    APL. “Arsenal” safarda “Aston Villa”ga mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 00:27

    A Seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”ga mag‘lub bo‘ldi

    Kecha, 23:58

    “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” — Shavkat Mirziyoyev

    Kecha, 23:31

    Tavsiya etamiz

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.