Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov 16-fevral kuni Chempionlar Ligasi doirasida “Barselona” — PSJ uchrashuvini (1:4) tomosha qilish uchun “Kamp Nou”ga tashrif buyurdi. Ertasi kuni Habib futbolga bo‘lgan qiziqishi haqida Instagram’da o‘z fikrlarini qoldirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Men bolaligimdan futbolni yaxshi ko‘raman va har doim futbolchi bo‘lishni orzu qilganman, biroq men Dog‘istonda tug‘ilganman va u yerda nima birinchi o‘rinda turishini yaxshi bilasiz.

Kim bilsin, ehtimol, Ronaldo (Habib Krishtianu Ronalduni nazarda tutmoqda — izoh “Daryo”) Dog‘istonda tug‘ilganda UFC chempioni bo‘lardi. Umuman olganda, shuni aytmoqchimanki, futbol — bu haqiqiy sport. Yakkakurashlarga esa tasodifan kelib qolganman. Hazil, bu tasodif emas.

Bir kun kelib sizlarga bolaligimda futbolga qay darajada qiziqqanim va darsda (6-sinfda) o‘tirib, daftarga 200 futbolchi nomini (o‘sha vaqtda internet yo‘q edi) yozib chiqqanimni aytib beraman.

Bu afsonaviy stadionda bo‘lganimdan va o‘yinni jonli ko‘rganimdan xursandman.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi