Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov professional futbolda faoliyat yuritish borasidagi savolga javob qaytardi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram
Shunday istak bor, bu bolalikdagi orzum. Futbol — sport qirolichasi.

Kimlar bilan suhbatlashmadim deysiz — UEFA prezidenti Cheferin, PSJ rahbari bilan. Ko‘pchilik bilan gaplashdim, buni Krishtianu bilan ham muhokama qildik.

“Spartak” — ajoyib variant, biroq bu mahalliy daraja. Orzumdagi jamoa — bu “Real”.

O‘z xohishim bilan 90 daqiqa to‘liq ko‘rgan ilk o‘yinim — bu “Real” va “Yuventus” o‘rtasidagi 1998-yilgi YChL finali. O‘shanda Miyatovich ofsayddan gol urgandi. Biroq biz “realchilar”miz, buni qabul qilmaymiz.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Avvalroq rossiyalik yakkakurashchi faoliyatini professional futbolda davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabr oyida Habib Jastin Getjiga qarshi jangdagi g‘alabadan keyin MMA’dagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda